Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Ziyovuddin Jo‘raevning “Movardiyning Sharq davlatchilik ta’limoti (X – XI asrlar)” monografiyasining taqdimoti

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Ziyovuddin Jo‘raevning “Movardiyning Sharq davlatchilik ta'limoti (X – XI asrlar)” monografiyasining taqdimoti

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy univetsiteti Tarix fakulteti “Manbashunoslik va arxivshunoslik” kafedrasi katta o‘qituvchisi Ziyovuddin Jo‘raevning “Movardiyning Sharq davlatchilik ta’limoti (X – XI asrlar)” monografiyasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi kutubxona matbuot xizmati.

Taqdimotda siyosatchilar, sotsiologlar, tarixchi-olimlar, sharqshunoslar, adabiytshunos-olimlar, ilmiy xodimlar va tadqiqotchilar, O‘zbekiston Milliy univetsiteti, Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti, Toshkent Davlat madaniyat va san’at instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.

Ziyovuddin Jo‘raev o‘z monografiyasida o‘zbek olimlaridan birinchilardan bo‘lib Movardiy yashagan davrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, Movardiyning ilmiy merosi, “Ahkom as-sultoniyya” asarining ilmiy o‘rganilganligi, Sharqshunoslik instituti va O‘zbekiston Milliy kutubxonasida saqlanayotgan “Ahkom” asari qo‘lyozmalarining o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot berdi.

Monografiyaning tadqiqot qismida muallif mazkur asarda Sharq davlatchiligiga oid ta’limotlarni manbashunoslik jihatidan o‘rganadi, unda davlat boshlig‘ini saylash konspsiyasi, unda markaziy xokimiyatning mohiyati, davlat boshqaruvida vazir va amirlarning o‘rni, vakolati va vazifalarini tadqiq etadi.

Movardiyning «Al-ahkom as-sultoniyya» kitobida qozilik tuzumi, shikoyatlar bo‘yicha devonning ishlarini yo‘lga qo‘yish tartiblari va taftishchilik bo‘yicha nimalar qilinishi lozimligi batafsil bayon qilingan.

Taqdimot marosimida so‘zga chiqqanlar Ziyovuddin Jo‘raevning monografiyasi hususida o‘z fikrlarini bildirdilar va mazkur asarning muhimligi va dolzarbligini ta’kidladilar.

“Jahon” AA