YXHT PARLAMENT ASSAMBLEYASI RAISI BILAN UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2017-yilning 8-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasi Raisi Kristin Muttonen boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston va YXHT o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Vazir ta’kidlaganidek, YXHT Parlament assambleyasi delegatsiyasining tashrifi mamlakatimizga va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan barcha sohalardagi keng ko‘lamli o‘zgarishlarga katta qiziqish mavjudligini tasdiqlaydi.
Uchrashuvda 7-fevralda qabul qilingan 2017-2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish nuqtayi nazaridan inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Suhbat davomida xalqaro va mintaqaviy masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Muzokaralarda YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori Jon MakGregor ishtirok etdi.