YOSHLAR VA INTERNET MADANIYATI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Mamlakatimizda internetdan foydalanuvchilar soni jadal o‘sib bormoqda. 2007-yilda bir million kishi internetdan foydalangan bo‘lsa, ayni paytda bu ko‘rsatkich o‘n million ikki yuz mingga yetdi.
Kuchli mafkuraviy qurolga aylanib borayotgan global tarmoqning asosiy foydalanuvchilari yosh avlod vakillari ekani barchamizdan hushyorlik va ogohlikni, internetdan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini kuchaytirishni talab qiladi.
Poytaxtimizda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan internet xavfsizligi va yoshlarda internet madaniyatini shakllantirishga bag‘ishlab tashkil etilgan davra suhbatida shular haqida so‘z bordi.
O‘zLiDeP siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari B.Yoqubov, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi rahbari Q.Quronboyev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimovning 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ommaviy axborot vositalari vakillari bilan suhbatda bildirgan fikrlari bu borada muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidladi.
Darhaqiqat, yoshlarni internet tarmog‘idagi buzg‘unchi g‘oyalardan himoya qilish, ularda internet madaniyatini shakllantirish, hayotga teran qaraydigan ma’nan yetuk, barkamol avlodni tarbiyalash bugun dolzarb masalalardan biriga aylandi.
– Internet tez va arzon axborot olish, uni qayta ishlash hamda yetkazishda beqiyos manbadir, – deydi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi Feruza Abdug‘afforova. – Biroq yoshlar kiradigan saytlarning hammasini ham ma’naviy-axloqiy talablarga javob beradi, deb bo‘lmaydi. Yoshlarda axborot olish va undan foydalanish madaniyatini kuchaytirish, xavfsiz internet muhitini shakllantirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar biz yoshlarga katta mas’uliyat yuklaydi.
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan «Xavfsiz internet» loyihasi bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Loyiha doirasida mamlakatimizning barcha hududida milliy axborot resurslari sifati, yoshlar qiziqishi va ishtiyoqini oshirish, xavfsiz internet yo‘nalishlarida davra suhbatlari, seminar-treninglar o‘tkazib kelinayotgani o‘z samarasini bermoqda.
Tadbirda joriy yilda mazkur loyiha doirasida forumlar uyushtirish, yoshlar ishtirokida tok-shoular tayyorlash, o‘quv kurslari tashkil etish, yoshlarning internet manbalaridan foydalanish darajasini o‘rganishga qaratilgan so‘rovnomalar o‘tkazish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.
"Jahon" AA