Yoshlar bandligi – doimiy e’tiborda
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Toshkent avtomobil-yo‘llar institutida bitiruvchi yoshlar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi H.Chinnibekov, Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti rektori M.Orifjonov, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari K.Sodiqov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan uzluksiz islohotlar jarayonida yoshlarga jahon andozalari darajasida ta’lim berish, ular o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishini ta’minlashga qaratilayotgan doimiy e’tibor navqiron avlod salohiyatini to‘la namoyon etishiga xizmat qilayotganini ta’kidladi.
Toshkent avtomobil-yo‘llar institutida ham bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotir. O‘quv dargohida bitiruvchilarning bandligini ta’minlash bo‘yicha ishchi guruhi tashkil etilib, bu borada doimiy monitoring yuritilmoqda. Turli tashkilotlar, ishlab chiqarish muassasalari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik natijasida bitiruvchilarning bandligi ta’minlanmoqda.
Joriy yilda institutni o‘n ikki bakalavriat, o‘n uch magistratura ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qariyb ming nafar talaba bitiradi. Ularni o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirish maqsadida institutda tashkilot va korxonalar bilan hamkorlikda uchrashuvlar, mehnat yarmarkalari tashkil etilmoqda. Natijada hozirdan bitiruvchilarning ish joylariga dastlabki taqsimoti o‘tkazildi.
Mazkur mehnat yarmarkasi vazirlik, idora va tashkilotlar bilan bu boradagi hamkorlikni kengaytirishda muhim rol o‘ynaydi. Tadbirda institut va O‘zbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi o‘rtasida bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan hujjat imzolandi.
Institutda ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yo‘nalishi bo‘yicha yuz nafardan ortiq yosh ta’lim olmoqda. Talabalarning amaliyotini tashkil etishda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning hududiy tuzilmalari bazasidan samarali foydalanilayotir.
– Mehnat yarmarkasida o‘z sohamiz bo‘yicha faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdik, – deydi institut talabasi Afzalbek Solihov. – Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan ishlab chiqarish korxonalarida ishlash har bir yoshning orzusidir. Institutda olgan bilimimiz, yoshlar bandligini ta’minlash borasida yo‘lga qo‘yilgan samarali tizim ezgu orzularimiz ro‘yobiga zamin hozirlamoqda. Bu imkoniyatdan foydalanib, ko‘plab tengdoshlarim qatori men ham o‘z mutaxassisligim bo‘yicha ishga joylashish uchun shartnoma imzoladim.