Yosh futbolchilarimiz g‘alabasi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Yigirma yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi joriy yilning 30-may – 20-iyun kunlari Yangi Zelandiyada o‘tkaziladigan jahon chempionatiga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoamiz a’zolari musobaqaga tayyorgarlik doirasida Farg‘ona shahridagi yangi bunyod etilgan «Istiqlol» stadionida Yangi Zelandiya yoshlar terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan o‘yinning 13-daqiqasida Javohir Sohibov raqib darvozasini aniq nishonga oldi. Uchrashuvning qolgan qismida hisob o‘zgarmadi va terma jamoamiz g‘alabaga erishdi.