Yong‘in nazoratining eng yaxshi inspektori
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasida “Davlat yong‘in nazoratining eng yaxshi inspektori” an’anaviy respublika tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Unda hududiy boqichlarda g‘olib bo‘lgan yong‘in nazorati organlari inspektorlari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari I.Sharipov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, yong‘inlar oldini olish bo‘yicha profilaktika ishlarini bajarish, yong‘in xizmatlarini texnik va texnologik jihozlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Bunda yong‘in nazorati organlari inspektorlari faoliyati alohida o‘rin tutadi.
Yong‘in nazorati organlari xodimlarining kasb mahoratini yanada oshirish, bilim va ko‘nikmalarini tekshirish, profilaktika tadbirlarini o‘tkazishda tajriba almashish maqsadida “Davlat yong‘in nazoratining eng yaxshi inspektori” respublika tanlovi o‘tkazib kelinmoqda.
Joriy yilda tanlov poytaxtimizning Mirobod tumanidagi «Pallada Investment» sho‘ba korxonasining ishlab chiqarish obyektida o‘tkazildi. Ishtirokchilar nafaqat obyektda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini tekshirishi, balki tekshiruv yakunlari bo‘yicha tegishli hujjatlarni belgilangan qoidalarga muvofiq rasmiylashtirishi ham lozim edi. Bundan tashqari, ishtirokchilar yong‘in nazorati va xavfsizligi sohasiga oid qonunchilikka doir bilimini aniqlashga yordam beradigan test sinovidan ham o‘tkazildi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, birinchi o‘rinni Sirdaryo viloyati Xovos tumani IIB yong‘in xavfsizligi bo‘limi inspektori, serjant N.Aliyev egalladi. Ikkinchi o‘ringa Toshkent shahar Yunusobod tumani Ichki ishlar boshqarmasining yong‘in xavfsizligi bo‘limi katta inspektori, serjant D.Umarov loyiq topildi. Uchinchi o‘ringa Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani IIB yong‘in xavfsizligi bo‘limi katta inspektori I.No‘monov va Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani IIB yong‘in xavfsizligi bo‘limi inspektori, serjant F.Ahmedov sazovor bo‘ldi.
– Davlat yong‘in nazoratining har bir inspektori o‘z burchi va majburiyatini yodda tutishi, ishiga mas’uliyat bilan yondashishi hamda kasb mahoratini muntazam oshirib borishi kerak, – deydi serjant N.Aliyev. – Bu borada olgan bilim va ko‘nikmalarim tanlovda g‘olib bo‘lishimga yordam berdi va men bundan xursandman.