Yaponiyalik olimlar O’zbekistonning boy tarixi haqida
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Yaponiyadagi «Rishsho» universitetida Kunchiqar mamlakat tadqiqotchilari tomonidan O’zbekistonda olib borilayotgan arxeologik qazilma ishlari mavzusiga bag’ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi.
Ushbu tadbir doirasida tashkil etilgan Surxondaryo viloyati tarixi hamda uning arxeologiya yodgorliklari taqdimoti chog’ida Qoratepa, Fayoztepa, Dalvarzintepa va Zartepa singari shaharchalaridagi qadimgi buddaviylik yodgorliklariga oid ma’lumotlar muloqotlarning asosiy mavzusi bo’ldi.
Ma’lumot tariqasida shuni qayd etish kerakki, «Rishsho» universiteti (Rissho University) Yaponiyadagi eng qadimgi ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Unga 1872-yili asos solingan. Ushbu oliy o’quv yurti 20 ta fakultetni, 15 ta tadqiqot instituti va markazlarni o’z atrofida birlashtirgan. «Rishsho» universitetida 12 ming nafar talaba tahsil oladi. U xorijiy mamlakatlarda faoliyat ko’rsatadigan 40 ta oliy o’quv yurti bilan o’zaro sheriklik aloqalarini yo’lga qo’ygan.
Yaponiya universitetlarining professor va tadqiqotchilari, ilmiy-akademik doiralari vakillari ishtirokida o’tgan mazkur tadbir chog’ida qayd etilganidek, O’zbekistonning boy tarixi o’z ildizlari bilan ming yilliklar qa’riga borib tutashadi. Asrlar davomida O’zbekiston hududi ko’pgina millatlar, diniy dunyoqarashlar, an’ana va madaniyatlarning o’chog’i bo’lgan. O’zbek zaminidagi ko’pgina arxeologiya yodgorliklari ham bu fikrni tasdiqlaydi.
“Jahon” axborot agentligining muxbiri tadbirning ayrim ishtirokchilari bilan davra suhbati yakuni bo’yicha muloqotda bo’ldi.
2014-yili oliy o’quv yurtimiz O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan o’zaro hamkorlik to’g’risida bitim imzoladi, - deydi «Rishsho» universitetining professori Xaruxi Yasuda. - Biz yaqinda Termizdagi Qoratepa shaharchasida qo’shma arxeologik qazilma ishlarini olib bordik. Bundan ko’zlangan maqsad qazilma ishlari ma’lumotlari asosida qadimgi xalqlar madaniyatining birikuvi kuzatilgan Qoratepa orqali buddaviylikning Sharqqa tarqalishi tarixini ochib berishdir.
Bizning o’zaro hamkorlikdagi ishlarimiz O’zbekistonning ko’hna tarixi va madaniyatini tadqiq etishda muhim natijalar beradi hamda mamlakatlarimiz o’rtasidagi do’stona munosabatlarning mustahkamlanishiga hissa qo’shadi, deb umid qilaman.
— Men Surxondaryo viloyati hududidagi arxeologik qazilma ishlarida ishtirok etib kelayotganimga 25 yildan oshdi, - dedi yapon arxeoyelog olimi, “Do’stlik” ordeni sohibi, Termiz shahrining faxriy fuqarosi Kyudzo Kato. - Surxondaryo me’morchilik yodgorliklari o’zbek xalqining noyob va rivojlangan tarixi ildizlari juda chuqur xarakterga ega ekanligini tasdiqlamoqda. Madaniyatlar va dinlar chorrahasida bo’lgan o’lkangiz butun mintaqaning rivojlanishida muhim o’rin tutgan.
O’zbekistonda buyuk ajdodlarning boy madaniy merosi avaylab asralayotgani barobarida arxeologiya yodgorliklarini o’rganishga ham katta e’tibor qaratilayotgani quvonarli holdir.
“Jahon” AA, Tokio