YANGI ZELANDIYADA BO’LIB O’TADIGAN JAHON CHEMPIONATIDA O’ZBEKISTON TERMA JAMOASI TARKIBI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Yangi Zelandiyada bo’lib o’tadigan yoshlar o’rtasidagi futbol bo’yicha Jahon chempionatida ishtirok etadigan O’zbekiston U-20 terma jamoasi futbolchilarining ro’yxati e’lon qilindi.
Shuni qayd etish joizki, jamoaning yakuniy tasdiqlangan tarkibi 21 nafar fulbolchini tashkil etadi.
O’zbekiston Futbol federatsiyasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida O’zbekiston yoshlar terma jamoasi oltita o’quv-mashg’ulot yig’inlarini o’tkazib, unda 13 ta o’rtoqlik va nazorat uchrashuvlari o’tkazdi. Bu yig’inlardan Jahon chempionatida ishtirok etadigan futbolchilar ro’yxatini aniqlab olish va futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish maqsadida foydalanidi.
Ko’p hollarda futbolchilar o’zlaridan kattalar bilan o’ynashdi. Shuningdek, Urugvay, Portugaliya, Yangi Zelandiya kabi terma jamoalar bilan o’yinda O’zbekiston yoshlar terma jamoasi o’z tengdoshlari bilan kuch sinashdi.
Jahon chempionatiga tayyorgarlikning so’nggi bosqichi 3 mayda boshlandi. Ushbu yig’inning birinchi bosqichi 6 maygacha davom etdi. Ikkinchi bosqich 11 maydan 20 maygacha Toshkentda davom etadi.
Ravshan Haydarov jamoasi Yangi Zelandiyaga 20 mayda jo’nab ketadi. Yoshlar o’rtasidagi Jahon Chempionati esa 30 may kuni start oladi.
28 maygacha Vellingtonda yig’in o’tkaziladi. 24 may kuni Vellingtonda Panama bilan o’rtoqlik uchrashuvi o’tkaziladi. 28 may kuni esa guruh o’yinlariga tayyorgarlik ko’rish uchun jamoa Kraystcherch shahriga uchib ketadi.
"Jahon" AA