Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

"YAGONA DARCHA" – TADBIRKORLARGA YAQIN KO‘MAKCHI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
"YAGONA DARCHA" – TADBIRKORLARGA YAQIN KO‘MAKCHI

Joriy yilning aprel oyidan boshlab tadbirkorlik subyektlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimiga murojaat etish yo‘li bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmoqda. Bu esa o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lganlarga internet tarmog‘i orqali tadbirkorlik subyekti sifatida ro‘yxatdan o‘tish imkonini beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida “yagona darcha” markazlari faoliyatidagi yangiliklar, taqdim etilayotgan qulaylik va imkoniyatlarning tashkiliy-huquqiy asoslariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida shular haqida ma’lumot berildi.

Adliya vaziri o‘rinbosari A.Usmonov va boshqalar mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash Prezidentimizning doimiy e’tiborida ekanligini ta’kidladi. Davlatimiz rahbarining joriy yil 1-fevraldagi “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirdi.

Tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar qisqartirildi. Endilikda ro‘yxatdan o‘tish uchun belgilangan tartibda to‘ldirilgan ariza va ta’sis hujjatlarini taqdim etishning o‘zi yetarli. Tadbirkorlar davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun internet tarmog‘i orqali murojaat qilsa, belgilangan davlat bojining yarmini to‘laydi.

Yuqorida nomi keltirilgan qarorga binoan qo‘shimcha 86 turdagi litsenziya va ruxsatnomani "yagona darcha" markazlari orqali rasmiylashtirish mexanizmi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Avtomatlashtirilgan ro‘yxatga olish tizimining samarali ishlashini ta’minlash maqsadida "yagona darcha" markazi xodimlarining malakasi oshiriladi.

– Oliy o‘quv yurtida o‘qish bilan birga hunarmandchilik bilan ham shug‘ullanaman, – deydi Malika Abdiyeva. – Internet orqali yarim soat ichida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tdim. "Yagona darcha" markazi mutaxassislari ish yuritish, kredit olish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarda ham maslahatlar berdi.

Toshkent viloyati va poytaxtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan "yagona darcha" markazlari mutasaddilari, tadbirkorlar va jurnalistlar ishtirok etgan tadbirda tushgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob qaytarildi.

O’zA