Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Xususiy mulk ustuvorligi – iqtisodiy barqarorlik omili

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Xususiy mulk ustuvorligi – iqtisodiy barqarorlik omili

2014-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisida aholi daromadlari tarkibida tadbirkorlik faoliyatidan olinayotgan daromadlar ulushi tobora ortib borayotgani alohida ta’kidlandi. Istiqlol yillarida bu boradagi ko‘rsatkich 10,6 foizdan 52 foizga o‘sdi. Bu Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlaridagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir.

Bunda mamlakatimizda xususiy mulk va investitsiyalar daxlsizligini ta’minlashning ishonchli huquqiy-me’yoriy asoslari yaratilgani, mulkdorlarga keng imtiyoz va kafolatlar berilgani muhim ahamiyat kasb etayotir. Ayni paytda xususiy mulk va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida sohaga to‘la erkinlik berish, bu yo‘lda g‘ov bo‘lib turgan barcha to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish eng muhim ustuvor vazifa etib belgilangan.

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi hamda Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi hamkorlikda “Xususiy mulk huquqi va uning huquqiy kafolatlarini yanada mustahkamlash” mavzusida tashkil etgan davra suhbatida shular haqida so‘z yuritildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi D.Abduqodirov, Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori A.G‘afurov va boshqalar mamlakatimizda xususiy mulk huquqi ustuvorligi izchil ta’minlanayotgani tadbirkorlarning erkin faoliyat yuritishida muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi. Zamon talabidan kelib chiqib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bo‘yicha ishonchli huquqiy kafolatlar yanada mustahkamlanmoqda.

“Xususiy mulk huquqlarining yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi shu maqsadda ishlab chiqilgan. Mazkur qonun loyihasi joriy yil 20-fevralda Qonunchilik palatasi yalpi majlisida ko‘rib chiqilib, birinchi o‘qishda qabul qilingan va unda siyosiy partiyalar fraksiyalari va Ekoharakat deputatlar guruhining qonun loyihasi normalarini takomillashtirish bo‘yicha qator taklif va mulohazalari bildirilgandi. Shundan kelib chiqib, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi tomonidan ishchi guruhi yig‘ilishlari tashkil etilib, manfaatdor vazirlik va idoralar mutaxassislari, olimlar, amaliyotchilar ishtirokida qonun loyihasi yanada takomillashtirildi.

Deputatlar, Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Bosh prokuratura, Iqtisodiyot, Moliya, Adliya, Ichki ishlar vazirliklari, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hamda Davlat soliq qo‘mitalari, Toshkent davlat yuridik universiteti vakillari ishtirok etgan tadbirda mazkur qonun loyihasining kelajakda xususiy mulk huquqini yanada kuchaytirishga qaratilgan alohida normalarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi.

www.uza.uz