Xayriya sohasida hamkorlik
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondida tashkilotning mamlakatimiz va xorijiy sheriklari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda hamkorlikning istiqboldagi yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, Sog‘liqni saqlash, Xalq ta’limi, Tashqi ishlar vazirliklari va Amerika Qo‘shma Shtatlarining mamlakatimizdagi elchixonasi vakillari ishtirok etdi.
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi raisi S.Inomova, O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri o‘rinbosari F.Xalilov, sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari, Bosh davlat sanitariya vrachi S.Saydaliyev, AQShning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi P.Spratlen va boshqalar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash O‘zbekiston ijtimoiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi o‘z faoliyatini yosh avlod salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, bolalarning jismoniy, ma’naviy va intellektual kamol topishi uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratgan tashkilotlardan biridir. Fond milliy va xorijiy sheriklar bilan hamkorlikda ko‘plab, jumladan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga insonparvarlik yordami ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shma ijtimoiy dasturlarni amalga oshirmoqda.
– “Sog‘lom avlod uchun” fondining qator davlat idoralari va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikdagi faoliyati bilan tanishdim, – dedi AQShning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Pamela Spratlen. – Mazkur fondni sohadagi eng yaxshi tashkilotlardan biri, deb hisoblayman. U O‘zbekistonning barcha hududlarida o‘z faoliyatini amalga oshirayotganini ta’kidlash joiz. Bu esa fond faoliyati samaradorligining muhim omilidir.
Uchrashuvda ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari muhokama etildi.