XALQARO VALYUTA FONDI MISSIYASI BILAN UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

XVF missiyasining O`zbekiston Respublikasiga tashrifi Dasturiga muvofiq, Davlat statistika qo`mitasida janob R.Almarzoki boshchiligidagi Xalqaro valyuta fondi missiyasi bilan uchrashuv tashkil etildi, deya xabar beradi qo’mita matbuot xizmati.
Uchrashuv jarayonida, XVF missiyasiga mamlakatning oxirgi yillardagi iqtisodiy rivojlanishi ko`rsatkichlari, iqtisodiyot va uning tarmoqlari o`sishini belgilab bergan asosiy omillar haqida ma`lumot berildi.
Shuningdek, XVF missiyasiga milliy hisoblar statistikasi va narxlar statistikasining uslubiyati hamda amaliyotini takomillashtirish bo`yicha erishilgan natijalar to`g`risida axborot berildi.
Davlat statistika qo`mitasi tomonidan milliy hisoblar va narxlar statistikasini yaxshilash maqsadida amalga oshirilgan ishlar va oxirgi yillarda erishilgan maqsadlarini XVF missiyasi yuqori baholadi. Shuningdek, XVF missiyasi vakillari qo`yilgan va muhokama qilingan barcha savollarga batafsil javob va tushuntirishlar olishdi.
“Jahon” AA