“Xalqaro kitob va mualliflik huquqini himoya qilish kuni”ga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Xalqaro kitob va mualliflik huquqini himoya qilish kuni”ga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi, deya xabar beradi kutubxona matbuot xizmati.
Mazkur sanaga bag‘ishlangan ko‘rgazmada ajdodlarni birlashtirib, insoniyatning madaniy boyligi va hamma kitobxonlarning eng sevimli kitoblariga aylangan asarlar o‘rin olgan. Bular dunyo bolalari, o‘smirlari, yoshlari va kattalarning sevimli dunyoga mashhur adiblar qalamiga mansub kitoblardir. Keng o‘quvchilar ommasiga tanish yozuvchilar suratlari bilan bir qatorda ularning kitoblar va kitobxonlar to‘g‘risida aytgan fikrlari ham joy olgan.
Kitob-rasmli ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar Milliy kutubxona foydalanuvchilari tomonidan ko‘p buyurtma beriladigan jahon adabiyoti namunalari bilan tanishadilar. Ko‘rgazmada Djeyn Osten, Risto Vasilevski, Agata Kristi, Migel de Servantes, Vilyam Shekspir, Oliver Tvist, Vladimir Nabokov kabi taniqli adiblar asarlarining yangi nashrlari namoyish etilmoqda.
Xalqaro kitob va mualliflik huquqini himoya qilish kuni 1995-yilda Parijda madaniy an’analarni targ‘ib etish, ularni avloddan-avlodga yetkazish va saqlash maqsadida ta’sis etilgan. Kitob esa, ma’lum-ki, bilim tarqatishda va uni asrlar davomida saqlashda eng ishonchli vositadir. Barcha sohalarda bo‘lgani kabi, mualliflik huquqi adabiyotda ham badiiy asarlar, drama va musiqali drama, ssenariylar va boshqa adabiy asarlarda qo‘llaniladi.
Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan har bir foydalanuvchi nafaqat jahon adabiyoti namoyondalari va ularning asarlari, balki fan, adabiyot va san’at asarlarining yaratilishi va ulardan foydalanida mualliflik huquqiga rioya qilish bilan bog‘liq qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.
“Jahon” AA