Xalqaro bolalar kitobi kuniga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi ochildi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Xalqaro bolalar kitobi kuniga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi ochildi. 1967-yildan buyon har yili Xalqaro bolalar kitoblari kengashi tashabbusi bilan Daniyalik mashhur ertakchi Gans Xristian Andersen tavallud topgan kun, 2-aprel kuni Xalqaro bolalar kitoblari kuni sifatida nishonlanib kelinmoqda.
Bayram maqsadi – bolalarni kichik yoshdan mutolaaga o‘rgatish va bu bilan insonning ma’naviy va intellektual shakllanishida kitobning rolini bolalar kitoblari rolini targ‘ib etish, deya xabar beradi kutubxona matbuot xizmati.
Bolalar adabiyoti, ya’ni yozma shaklda bayon etilgan ertak va masallar XVII asr oxirida paydo bo‘lgan. XVIII asr bolalarga D. Defoning “Robinzona Kruzo” va Dj. Sviftning “Gulliver sayoxati” asarlarini hadya etdi. XIX asrda esa bolalar adabiyoti G.X. Andersen va aka-uka Grimmlar ertaklari bilan boyidi. N.Nosov, A.Barto, K.Chukovskiy, B.Zaxoder, E.Uspenskiy, G‘.G‘ulom, Z.Diyor, Q.Muhammadiy, P.Mo‘min, X.To‘xtaboev, A.Obidjon, T.Adashboevlar kabi XX asrning taniqli bolalar yozuvchilari va shoirlari asarlari hozir ham sevib o‘qilmoqda.
Ko‘rgazmada kutubxona fondida saqlanuvchi va kichik kitobxonlar tomonidan sevib o‘qiluvchi kitoblar o‘rin olgan. Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar hukmiga o‘zbek, rus va inliz tillaridagi “Obo vsyom na svete”, “Astronomiya va koinot”, “Dunyo mamlakatlari”, “Kashfiyot va ixtirolar”, “Vash akvarium” entsiklopedik kitoblari, “Zolotaya kniga skazok”, “Ertaklar”, “100 stixov i skazok” kabi turli xalq ertaklari to‘plamlari va bolalar sevimli yozuvchi va shoirlarining hikoya va she’rlari havola etilgan.
“Jahon” AA