Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Xalq bankining ustav kapitali oshirilmoqda

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Xalq bankining ustav kapitali oshirilmoqda

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2015-2017-yillarda Davlat-tijorat Xalq bankining ustav kapitalini 185 milliard so’mga oshirish va uning umumiy hajmini 385 milliard so’mga yetkazish to’g’risidagi taklifi mamlakatimiz rahbarining shu yil 25-martdagi “O’zbekiston Respublikasi davlat-tijorat Xalq bankining kapitallashtirish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni bilan tasdiqlandi, deya xabar beradi Uzbekistan Today axborot agentligi.

Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq banki jadal sur’atlarda rivojlanayotgan ko’ptarmoqli yirik bank sanaladi hamda respublikamizning har bir tumanida o’z filiallariga ega. Shu yilning 31-mart holatiga ko’ra, kredit tashkilotining chekka va borish qiyin bo’lgan manzillarda 32 ta minibanki va 1332 ta qo’shimcha muassasasi faoliyat ko’rsatmoqda.

Hozirgi vaqtda bank aktivlari 3,063 trillion so’m, depozit bazasi 2,428 trillion so’m, kredit portfeli 1,652 trillion so’mni tashkil etadi.

Bank aksiyalari amaldagi aksiyadorlarning ulushiga mutanosib ravishda – Moliya vazirligi (51 foiz) va Markaziy bank (49 foiz) o’rtasida taqsimlanadi. Bankning o’z foydasini kapitallashtirish, taqdim etiladigan soliq imtiyozlari, bo’sh qoladigan mablag’larni maqsadli yo’naltirish orqali Moliya vazirligining ulushini shakllantirish, qisman davlat byudjeti, shuningdek, Markaziy bank foydasining respublika byudjetiga yo’naltiriladigan bir qismi va o’z mablag’lari Xalq banki ustav kapitalini qo’shimcha shakllantirish manbalari sifatida belgilandi.

“Jahon” AA