VAZIR JAN-MARK ERO BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2017-yilning 29-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Fransiya Tashqi ishlar va xalqaro taraqqiyot vaziri Jan-Mark Ero bilan uchrashdi.
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, harbiy-texnik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qildilar.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Fransiya tashqi ishlar vazirlari doimiy uchrashuvlari hamda boshqa darajadagi aloqalar davlatlararo hamkorlikni o‘zaro manfaatli asosda izchillik bilan chuqurlashtirishga, shuningdek, biznes doiralari, ilmiy va ta’lim muassasalari vakillari hamda madaniyat va san’at arboblari bilan almashinuvlarni kengaytirishga xizmat qilishi qayd etildi.
Suhbat davomida ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.
Muzokaralar yakunida vazirlar tomonidan O‘zbekiston va Fransiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2017-2018-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturi imzolandi.
UzReport