“UZCARD” oilaviy kartalarni ishga tushiradi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zbekistonda “Uzcard” milliy to’lov tizimi yangi “Uzcard Family” loyihasini ishga tushirishini ma’lum qildi. Qo’shimcha kartalar yordamida oilaning boshqa a’zolari ham hisobdagi mablag’dan foydalanishi mumkin, deya xabar beradi Uzbekistan Today axborot agentligi.
Hisob raqami egasi, o’z navbatida, oilaning har bir a’zosi mahsulotlar va xizmatlar uchun to’laydigan mablag’ miqdorini kunlik, haftalik yoki oylik muddatga chegaralab qo’yishi mumkin.
Karta egasi xohishiga ko’ra, uning telefon raqamiga har bir moliyaviy operatsiya bo’yicha SMS-xabar kelib turadi. Mazkur kartochka oilaviy maqsadni ko’zlagan bo’lsa-da, uni nafaqat oila-a’zolari uchun, balki boshqa ishonchli vakillar uchun ham ochish mumkin.
Hisob raqami egasi “Uzcard” mobil ilovasi yoki to’lov tizimi my.uzcard.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali kartalar limitini boshqarishi mumkin. Kartalarni tayyorlashga ariza berish va to’lash ishlarini bank bo’limida hamda mobil ilova orqali amalga oshirish mumkin
“Jahon” AA