Ustuvor vazifalar belgilab olindi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi Demokratik kuchlar blokining davlatimiz rahbari Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi nutqidan kelib chiqadigan vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarlari S.Turdiyev, S.Otamurodov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida jamiyatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy sohalarda yuksak marralarga erishish, mamlakatimizning dunyodagi rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallashini ta’minlash, modernizatsiyalash va demokratlashtirish jarayonlarini yangi bosqichga olib chiqishda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.
Mamlakatimizda uzoqni ko‘zlab amalga oshirilayotgan izchil islohotlar tufayli jahon miqyosida ro‘y berayotgan global moliyaviy muammolarga qaramasdan, iqtisodiyotimizning barqaror o‘sish sur’atlari ta’minlanmoqda. Ya’ni oxirgi 10-yil davomida mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari yiliga 8 foizdan ortiqni tashkil etmoqda.
Davlatimiz rahbarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqida bu hayotbaxsh islohotlarning samaralari atroflicha tahlil etildi va istiqboldagi ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Yig‘ilishda ushbu vazifalarni o‘z vaqtida hal etish maqsadida Demokratik kuchlar blokining 2015-yilga mo‘ljallangan dasturi ko‘rib chiqildi.
Bunda, avvalo, parlamentning qonunchilik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Demokratik blok tomonidan bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish, xususiy mulk huquqlari va himoyasini mustahkamlash, tadbirkorlik yo‘lidagi g‘ov va to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan qator qonun loyihalarining ilgari surilishi, parlamentda ko‘rilayotgan hujjatlarni bevosita saylovchilar, soha mutaxassislari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokida muhokama etish va yanada takomillashtirish lozimligi ta’kidlandi.
Iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar, sanoatni diversifikatsiyalash, ishlab chiqarishni texnik va texnologik modernizatsiyalashni davom ettirish, xususiy mulk va tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi barcha to‘siqlarni bartaraf etish, joylarda kichik va oilaviy biznes, tadbirkorlik uchun qulay ishbilarmonlik muhitini ta’minlash, hududlarning investitsion jozibadorligini oshirish borasidagi ishlar yuzasidan ta’sirchan parlament, deputatlik va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni izchil davom ettirish masalasiga e’tibor qaratildi. Jamiyatimizdagi ma’naviy-ma’rifiy islohotlarda xalqimiz, jumladan, yoshlarning faolligini yanada oshirishga yo‘naltirilgan targ‘ibot-tushuntirish ishlarini kuchaytirish xususida fikrlashildi.