Urush faxriylari bilan uchrashuv
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Prezidentimizning 2015-yil 26-martdagi umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risidagi farmoyishi ijrosi yuzasidan Buxoro viloyatida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur hujjat ijrosi doirasida viloyat ma’naviyat va ma’rifat kengashi tomonidan joylarda “Jasorat,burch,matonat” shiori ostida uchrashuvlar, davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.
Toshkent davlat stomatologiya institutining Buxoro filialida tashkil etilgan ana shunday ma’rifiy tadbirda urush va mehnat fronti faxriylari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Unda ota-bobolarimizning fashizmga qarshi urushdagi beqiyos jasorati va matonati hamda mehnat frontidagi fidoyiligi haqida so‘z yuritildi. Ular ko‘rsatgan qahramonliklar bugungi avlod uchun katta tarbiyaviy ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.
– Prezidentimiz rahnamoligida biz, faxriylarga ko‘rsatilayotgan ulkan e’tibor va g‘amxo‘rlikdan ko‘nglimiz tog‘dek ko‘tarilmoqda, – deydi urush faxriysi Rayde Resutova. – Jamoatchilik va mahalla faollarining doimiy e’tiboridamiz. Eng muhimi, bu kabi ezgulikni biz bayram yoki biror tantana munosabati bilan emas, doimiy ravishda – yil davomida his etib turamiz. Bu esa bizga kuch-quvvat bag‘ishlab, umrimizga umr qo‘shadi.
Uchrashuvda faxriylarga gullar va esdalik sovg‘alari berildi.