Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

TURKMANISTON KINOSI KUNLARI BOSHLANDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
TURKMANISTON KINOSI KUNLARI BOSHLANDI

Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyida Turkmaniston kinosi kunlari boshlandi.

«O‘zbekkino» milliy agentligi bosh direktori O.Musayev va boshqalar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar barcha sohalar qatori madaniyat va san’at yo‘nalishida ham izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil mart oyida Turkmanistonga davlat tashrifi doirasida ko‘plab hujjatlar qatori 2017-2019-yillarga mo‘ljallangan madaniy-gumanitar hamkorlik dasturi ham imzolandi.

Kino kunlari K.Annanov va V.Ishanguliyev rejissyorligidagi «At-mirat» filmi namoyishi bilan boshlandi. Film har bir turkman yigitining orzusi – axalteke otlari haqida. Bosh qahramon Mardon tirishqoqligi va irodasi tufayli uloqlarda g‘olib chiqadi, haqiqiy yigit bo‘lib shakllanadi. Tomoshabin inson va tabiat o‘rtasidagi uzviylikdan zavq tuyib, matonat, mehr va mehnatning qudratiga yana bir bor amin bo‘ladi.

– O‘zbekiston xalqi bilan asriy urf-odatlarimiz, orzu-umidlarimiz mushtarak, – deydi Turkmaniston televideniyesi kino ishlab chiqarish bo‘limi bosh koordinatori, kino va teatr aktyori Toygeldi Olloyorov. – Kino kunlari doirasida taqdim etilayotgan filmlar voqealari, qahramonlarning his-kechinmalari o‘zbek xalqiga ham tanish. Kelgusida bunday madaniy tadbirlar, festivallarni yanada ko‘paytirish, hamkorlikda filmlar suratga olish niyatidamiz.

«O‘zbekkino» milliy agentligi va «Turkmanfilm» birlashmasi hamkorligida tashkil etilgan kino kunlari davomida «At-mirat» filmidan tashqari mashhur shoir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan «Maxtumquli», axalteke otlari tasvirlangan «Kopetdag‘ – askarning orzusi» va «Sayis», oila va muhabbat mavzuidagi «Qumli kelin qo‘shiqlari», «Muhabbat merosi» kabi filmlar namoyish etiladi.

Festival doirasida turkmanistonlik kinoijodkorlar turli vazirlik va idoralarda uchrashuvlar o‘tkazadi.

O’zA