Toshkent shahrida Parlamentlararo Ittifoqning 150 - yubiley assambleyasi o‘z ishini boshladi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2025 yil 5 - 9 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan anjumanda Parlamentlararo Ittifoqqa a’zo bo‘lgan dunyoning 190 ga yaqin mamlakatidan parlamentlar vakillari, xalqaro va parlamentlararo tashkilotdan 2 mingga yaqin delegat ishtirok etmoqda.
E’tirof etish kerakki, parlamentlar bilan bog‘liq bunday keng ko‘lamli nufuzli anjuman nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyo tarixida ilk marotaba mintaqamizda o‘tkazilmoqda.
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan bu nufuzli anjuman jahon hamjamiyati tomonidan O‘zbekistonning jahon siyosati markazlaridan biri sifatida e’tirof etilayotganini ham tasdiqlaydi.
“Ijtimoiy rivojlanish va adolat uchun parlament harakati” mavzusiga bag‘ishlanadigan tadbirda kambag‘allikni bartaraf etish, munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ijtimoiy inklyuzivlikni qo‘llab-quvvatlash va qaror qabul qilish jarayonida kamsitilgan guruhlar ishtirokini oshirish kabi masalalar muhokama qilinadi.
Tadbir yakunida jahon parlament harakatining o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beradigan hujjat qabul qilish rejalashtirilgan.
Shuningdek, Parlamentlararo Ittifoqning rezolyutsiyalari va Toshkent deklaratsiyasi qabul qilinadi.
Nufuzli anjumanda ko‘rib chiqiladigan masalalar, bildiriladigan fikrlar, qabul qilinadigan hujjatlar haqida batafsil yoritib boramiz.
Bizni kuzatib boring!
Norgul Abduraimova, Nosir Haydarov (surat), O‘zA