Toshkent shahri badiiy gimnastika bo’yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichiga mezbonlik qiladi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Shu yilning 25–27-aprel kunlari poytaxtimiz Toshkent yana bir yirik musobaqa – badiiy gimnastika bo’yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichiga mezbonlik qiladi
Milliy Olimpiya qo’mitasi ma’lumotiga ko’ra, bu yilgi bahslarda 26 mamlakatdan 100 nafardan ortiq sportchi medallar uchun bahs olib boradi.
Musobaqa gimnastika bo’yicha ixtisoslashtirilgan Respublika bolalar-o’smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabi maydonida bo’lib o’tadi. Tantanali ochilish marosimi 25-aprel kuni o’tkazilishi rejalashtirilgan.
O’zbekiston terma jamoasi ushbu nufuzli startga jiddiy tayyorgarlik olib bormoqda.
Unda mamlakatimiz sharafini yakkalik bahslarida Taxmina Ikromova va Anastasiya Saranseva, guruh mashqlarida Evelina Atalyans, Maftuna Zoirova, Adelya Fayzulina, Mumtozabonu Is’hoqzoda, Amaliya Mamedova va Irodaxon Sodiqova kabi sportchilar himoya qiladi.