Tarixni haqqoniy o‘rganish – burchimiz
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasida “Ta’lim muassasalarida O‘zbekiston tarixini o‘rganish va o‘qitishning dolzarb masalalari” mavzucida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda deputatlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralar, ijodiy birlashmalar mutasaddilari, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, jurnalistlar ishtirok etdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari N.Umarov, Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi A.Shodmonov, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti B.Abduhalimov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori A.Abduvohidov va boshqalar mamlakatimizda tariximizni xolis va haqqoniy o‘rganish, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’rifiy merosi, qadimiy shaharlarimizning jahon tamaddunida tutgan o‘rnini har tomonlama tadqiq etish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratilayotganini ta’kidladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 16-dekabrdagi «O‘zbekistonning yangi tarixi”ni tayyorlash va nashr etish to‘g‘risida»gi hamda 1998-yil 27-iyuldagi «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarorlari o‘zbek xalqi davlatchiligi tarixini xolisona o‘rganishning ilmiy asoslarini shakllantirish, tadqiqotlarni zamonaviy talablar darajasiga olib chiqish bo‘yicha muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Prezidentimiz Islom Karimovning «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» asarida o‘zbek davlatchiligi tarixini yoritishning nazariy konsepsiyalari, bu boradagi dolzarb vazifalar belgilab berilgan. Davlatimiz rahbari 2015-yil 12-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi yig‘ilishida mamlakatimizda mustaqillikni qo‘lga kiritgunga qadar bo‘lgan yaqin tariximizda ro‘y bergan voqea-hodisalarni yosh avlod ongiga yetkazish, tarixni chuqur o‘rganish borasida jamoatchilik, olimlar va mutaxassislar oldida turgan dolzarb vazifalar xususida alohida to‘xtaldi.
Prezidentimizning «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch», «O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» kabi asarlari asosida o‘quv maskanlarida fakultativ darslar keng yo‘lga qo‘yilgani yoshlarni tariximizga, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Tadbirda tarixni o‘rganishda tizimli-tahliliy yondashuvni keng yo‘lga qo‘yish, o‘quv dasturlariga milliy istiqlol g‘oyasini chuqur singdirish, darslarda arxiv manbalari, o‘qitishning ilg‘or usullari, multimediali vositalardan samarali foydalanish, mashg‘ulotlarga tarixchi olimlar, arxeologlar, madaniyatshunoslarni jalb etish zarurligi ta’kidlandi.