Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

TARBIYA VA MA’NAVIYAT O‘CHOG‘I

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
TARBIYA VA MA'NAVIYAT O‘CHOG‘I

O‘zbek milliy akademik drama teatrida Yoshlar haftaligi doirasida tashkil etilgan talabalar teatr-studiyalari festivali yakuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi o‘rinbosari F.Jalolov, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari B.Usmonov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi avlodni voyaga yetkazishda milliy teatr san’atining ahamiyati beqiyos ekanini ta’kidladi.

– Teatr – muhim tarbiya maskani, – deydi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti prorektori, san’atshunoslik fanlari doktori D.Rahmatullayeva. – Katta sahnalarda namoyish etilayotgan spektakllar yosh avlodni boy merosimiz, umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylashga, buyuk ajdodlarimizga munosib bo‘lishga da’vat etadi. Mazkur festival sohaga endi kirib kelayotgan yoshlargamilliy teatr an’analarini asrab-avaylash, ularni ravnaq toptirish, ijodiy jamoalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida ko‘mak berishi bilan ahamiyatlidir.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “O‘zbekteatr” birlashmasi tomonidan ko‘plab ta’lim dargohlarida tashkil etilgan talabalar teatr-studiyalari yoshlar ma’naviyatini boyitish, ularni sahna san’atining mumtoz namunalari bilan yaqindan tanishtirish, ijodiy fikrlash qobiliyatini o‘stirishda muhim omil bo‘lmoqda. Studiyalarga teatr san’atiga mehr qo‘ygan iqtidorli yigit-qizlar jalb etilib, ular milliy va jahon adabiyoti asarlarini sahnada ijro etishmoqda.

Qarshi davlat universitetining “Ziyo” studiyasi taqdim etgan “Zarba” spektakli “Global muammoning sahnaviy talqini uchun”, Toshkent kimyo-texnologiya instituti “Kimyogar” jamoasining “Tortadurman jabrini” asari “Eng yaxshi ijro mahorati uchun” nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib bo‘ldi. “Jahon mumtoz asarlarining o‘ziga xos talqini uchun” nominatsiyasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Shekspir ixlosmandlari”, “Ma’naviy-ma’rifiy mavzular talqini uchun” nominatsiyasi bo‘yicha Toshkent pediatriya tibbiyot institutining “Pediatr” jamoasi, “Yoshlar hayotini aks ettirgan dolzarb mavzular talqini uchun” nominatsiyasi bo‘yicha O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Kamolot” teatr studiyasi g‘olib bo‘ldi.

– Mazkur festivalga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik, – deydi Qoraqalpoq davlat universitetining “Jayhun” jamoasi a’zosi Ajiniyoz Ismoilov. – Loyiha doirasida namoyish etilgan “Tebranmas yuraklar” spektaklining ssenariysini yozish barobarida, unga rejissyorlik ham qildim. Asarda asosiy e’tibor yoshlarning global muammosi sanalgan giyohvandlik, uning oqibatida dunyoga kelayotgan nogiron bolalarning ayanchli qismatiga qaratilgan.

Festivalda “Eng yaxshi spektakl” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Qoraqalpoq davlat universitetining “Tebranmas yuraklar” spektakli O‘zbek milliy akademik drama teatri sahnasida namoyish etildi.

O‘zA