TAILANDDA SEMINAR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Tailand Qirolligining Rangsit universitetida O’zbekistonning zamonaviy taraqqiyoti mavzusiga bag’ishlangan seminar bo’lib o’tdi. U mamlakatimizning Bangkokdagi Bosh konsulligi tomonidan tashkil etildi.
Bizning ma’lumot: Rangsit universiteti Tailanddagi hisoblash texnikasi, ilm-fan, boshqaruv va loyihilashtirish sohalariga ixtisoslashgan mutaxassislarni tayyorlaydigan xususiy oliy o’quv yurti hisoblanadi. Hozirgi paytda mazkur ilm dargohida bakalavriatning 92 yo’nalishida, magistraturaning 36 yo’nalishida hamda doktoranturaning 9 dasturi bo’yicha tahsil olib borilmoqda.
Rangsit universitetning rahbariyati, professor-o’qituvchilar tarkibi hamda talabalar ishtirokida o’tgan ushbu tadbirda seminar qatnashchilari O’zbekistonning mustaqil rivojlanish yillari davomida qo’lga kiritgan ulkan muvaffaqiyatlari bilan yaqindan tanishdilar.
Shu bilan birga, tadbir doirasida mamlakatimiz xalqining madaniyati, tarixi va sayyohlik salohiyati mavzularini qamrab olgan boy ma’lumotlar bo’lmasi ham tashkil etildi.
Taqdim etilgan dolzarb va qiziqarli ma’lumotlar uchun o’z minnatdorligini izhor etar ekan, ushbu universitet tizimidagi Diplomatiya va xalqaro tadqiqotlar institutining dekani Sompong Sanguanbun mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar hamda jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida erishilgan muvaffaqiyatlarga yuqori baho berdi.
— O’zbekiston dunyodagi shitob bilan rivojlanib borayotgan mamlakatlardan biri hisoblanadi, - dedi u. - O’zbeklar zamini necha-necha asrlar davomida madaniyat, ilm-fan va san’at markazi bo’lib kelgan. Bu o’lka jahon sivilizatsiyasi rivojiga bebaho hissa qo’shgan Al-Beruniy, Al-Xorazmiy, Abu Ali Ibn Sino, Ahmad Farg’oniy, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy va boshqa ko’plab alloma va mutafakkirlarga beshik bo’lgan.
“Jahon” AA, Bangkok