TAEKVONDOCHILARIMIZ - MEDALLAR SOHIBLARI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Janubiy Koreyada taekvondo (WTF) bo’yicha o’tkazilgan “Koreya open - 2015” turnirining kattalar, o’smirlar va kadetlar o’rtasidagi bellashuvlarida O’zbekiston terma jamoasi munosib ishtirok etib, jami 45 medalni qo’lga kiritdi, deb xabar beradi O’zbekiston Milliy axborot agentligi.
Dunyoning 72 davlatidan 2000 nafardan ziyod sportchi ishtirok etgan musobaqaning kattalar o’rtasidagi bellashuvlari keskin va murosasiz kurashlarga boy bo’ldi. Chunki ushbu bahsda sportchilar sovrinli o’rinlar bilan birga 2016 yilgi Olimpiya o’yinlari yo’llanmasini beruvchi muhim reyting ochkolari uchun ham bellashdi.
Mazkur bahsda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilgan Jasur Boyqo’ziyev, Dmitriy Shokin va Mustafo Valiyev o’z vazn toifasida oltin medalni qo’lga kiritib, 20 tadan reyting ochkoga ega bo’ldi. Shuningdek, kattalar o’rtasida o’tkazilgan musobaqada yana bir tajribali sportchimiz Nikita Rafalovich 80 kilogrammgacha bo’lgan taekvondochilar o’rtasida bronza medal bilan taqdirlandi.
Musobaqaning o’smirlar va kadetlar o’rtasida kechgan bahslarida taekvondochilarimiz 16 tadan oltin va kumush, 9 bronza medalga sazovor bo’ldi.
“Jahon” AA