TADBIRKORLIK FAOLIYATI ISHONCHLI HIMOYADA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o’rganish markazi “O’zbekistonda ishbilarmonlik muhiti - tadbirkorlar nigohida” mavzusida ijtimoiy so’rov o’tkazdi, deb xabar beradi O’zbekiston Milliy axborot agentligi.
Tadqiqotdan ko’zlangan maqsad mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlik sub’yektlarini himoya qilish va ularga qulay sharoitlar yaratishni ta’minlashga yo’naltirilgan qonunchilik hamda mustahkam huquqiy baza yaratish bo’yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida jamoatchilik fikrini o’rganishdan iborat bo’ldi.
Unda mamlakatimizning barcha hududlaridan tajribali tadbirkorlar, turli mulkchilik shakli, yo’nalish va sohalardagi korxonalar rahbarlari ishtirok etdi.
So’rov natijalari shuni ko’rsatdiki, tadbirkorlar va fermerlarning aksariyati mamlakatimizda yaratilgan ishbilarmonlik muhitini ijobiy baholaydi. Tadbirkorlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, ularni yanada yaxshilash, shuningdek, mulkchilikning turli shaklida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun teng imkoniyatlar berilayotgani ishbilarmonlik muhiti yuqori darajada rivojlanayotganini tasdiqlaydi.
2015 yilda tadbirkorlarning yuqori samaradorlik va ijobiy natijalarga erishgani mamlakatimizda ular uchun qulay sharoitlar yaratilganining muhim ko’rsatkichi hisoblanadi. O’tkazilgan so’rovda tadbirkorlar 2015 yilgi faoliyati natijalarini ijobiy baholashi aniqlandi. Bu iqtisodiyotimiz xususiy sektorining sifat jihatidan yangi rivojlanish bosqichiga o’tayotgani, ya’ni dastlab o’z kapitalini to’plab, uni ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, ichki va tashqi bozorda raqobatbardoshlikni oshirishga yo’naltirayotganidan dalolat beradi.
Tadbirkorlarning fikricha, ularni ro’yxatdan o’tkazish, ishlab chiqarayotgan mahsulotiga litsenziya olish va sertifikatlash jarayonining ochiq-oshkoraligi, tadbirkorlik yo’lidagi to’siqlarning bartaraf etilayotgani, soliq imtiyozlari berilayotgani, tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash bo’yicha samarali bank faoliyati hamda xususiy sektor vakillarining huquqiy himoyalangani mamlakatimizda ishbilarmonlik muhiti sifatiga ijobiy ta’sir ko’rsatayotgan omillardir.
So’rov natijalaridan ma’lum bo’lishicha, korxonalar qonunchilikda belgilangan muddatlar doirasida ro’yxatdan o’tkazilmoqda. Bundan tashqari, aksariyat fermerlar (85-94 foizi) yer uchastkasi, kredit va qishloq xo’jaligi texnikasini olishda qiyinchiliklarga duch kelmagan. Tadbirkorlarning ko’pchiligi (80,9 foizi) litsenziyalash jarayoni soddalashtirilgani, shuningdek, ruxsat yoki litsenziya olish oshkora amalga oshirilayotganini ta’kidladi.
Tadbirkorlarimiz fuqarolar va davlat manfaatlarini o’zida teng mujassamlashtirgan, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini rag’batlantiradigan mamlakatimiz soliq tizimini samarali deb baholaydi.
So’rov qatnashchilari banklarning tadbirkorlar bilan ishlash jarayonini ijobiy baholayotgani mamlakatimizda bank faoliyati yuqori ko’rsatkichlarga ega ekanidan dalolat beradi.
So’rov mamlakatimizda tadbirkorlarning davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari bilan o’zaro munosabatlarida huquq ustuvorligi prinsipiga amal qilinayotganini ko’rsatdi. Masalan, aksariyat so’rov qatnashchilari so’nggi yillarda tekshiruvlar soni kamayganini qayd etdi. 73,6 foiz tadbirkorlarning fikricha, tekshiruvlar asosan profilaktika xususiyatiga ega bo’lib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha maslahat yordami ko’rsatishga qaratilmoqda.
So’rov natijalari mustaqillik yillarida O’zbekistonda tadbirkorlarning samarali faoliyat yuritishi va ularning huquqiy himoyasini ta’minlaydigan zarur huquqiy baza yaratilganini tasdiqlaydi.
Tadbirkorlar huquqiy madaniyatini yuksaltirish davr talabidir. Bu, o’z navbatida, boshqaruv va nazorat organlarining qonunga zid turli harakatlari yo’liga ishonchli to’siq qo’yish, ularga o’z faoliyatini oshkora va samarali amalga oshirish imkonini beradi.
O’zA