Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Sun’iy sug‘orish tizimi – obodonlashtirish omili

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Sun'iy sug‘orish tizimi – obodonlashtirish omili

Maysazorlar, xushmanzara bog‘lar va xiyobonlar, yashil maydonlar poytaxtimizning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turibdi.

Bu borada shahar sug‘orish tizimi muhim o‘rin tutmoqda. Prezidentimiz rahnamoligida shaharlar hududlarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Chunonchi, poytaxtimizdagi daraxtlar va maysazorlarni sun’iy sug‘orish tizimi kengaytirildi. Mamlakatimizning boshqa shaharlarida ham shunday tizimlar barpo etilayotir.

Ayni paytda Toshkent shahrining sun’iy sug‘orish tizimi quvurlari uzunligi 1320 kilometrni tashkil etadi. Maxsus sug‘orish asbob-uskunalarini saqlash va ta’mirlash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan boshqarma mazkur tizimning samarali ishlashini ta’minlash va uzluksiz suv yetkazib berish bilan shug‘ullanadi. Boshqarma boshlig‘i Sh.Valiyevning ta’kidlashicha, har yili sug‘orish mavsumi arafasida keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari amalga oshiriladi. Joriy yilda 73 nasos stansiyasi va 95 suv olish qudug‘ining texnik holati tekshiruvdan o‘tkazildi.

Amir Temur xiyoboni shahar ahli dam oladigan maskanlardan biridir. Xiyobonning sun’iy sug‘orish tizimi maromida ishlagani tufayli bu yerdagi gul va maysazorlar yozning jazirama kunlarida ham yashilligini yo‘qotmaydi.

– Har kuni kechqurun nabiralarim bilan ushbu so‘lim xiyobonda sayr qilaman, – deydi Nigora Soliyeva. – Amir Temur xiyoboni haqli ravishda poytaxtimiz ramzlaridan biridir. Qulay o‘rindiqlarda o‘tirib, suv tomchilarining ohangini tinglash, kechki musaffo havodan to‘yib nafas olish, atrofdagi maysazorlar va mahobatli arxitektura yodgorliklarini zavq bilan tomosha qilish juda maroqlidir.

Navbatdagi sug‘orish mavsumi arafasida ixtisoslashtirilgan boshqarma tomonidan tizimning ish qobiliyatini ta’minlash maqsadida sug‘orish jadvali ishlab chiqildi va turli chora-tadbirlar, jumladan, plastik quvurlarni joriy etish ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari, ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda yoshlar o‘rtasida tomchilab sug‘orish tizimi va shahar favvoralarini suv bilan ta’minlab turgan sug‘orish quvurlarini asrab-avaylashga bag‘ishlangan keng ko‘lamli tushuntirish ishlari o‘tkazilmoqda.

www.uza.uz