SHVETSIYA ELCHISI BILAN UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2017-yilning 14-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Shvetsiya Qirolligining Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Stokgolm shahrida) Ingrid Tersman bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralarda ikki va ko‘p tomonlama shakllarda, xususan “O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi” doimiy muloqoti doirasida O‘zbekiston-Shvetsiya munosabatlarini rivojlantirishning amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
Ta’kidlanganidek, O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Shvetsiya Elchisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va Savdo-sanoat palatasidagi uchrshuvlari to‘g‘risida so‘zlab berdi. Mazkur uchrashuvlarda parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash hamda O‘zbekiston va Shvetsiya biznes doiralari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar ham ko‘rib chiqildi.