SHHT MILLIY KOORDINATORLAR KENGASHINING MAJLISIGA DOIR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2016-yilning 20-23-dekabr kunlari Pekin shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlar kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston vakillari tomonidan tashkilot faoliyatining dolzarb masalalari, jumladan Ostona shahrida tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlari Kengashining navbatdagi yig‘ilishini hamda Qozog‘istonning ShHTda raisligi doirasida bo‘lajak boshqa tadbirlarni o‘tkazishga tayyorgarlik jarayoni muhokama qilindi.
Majlisda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Sammitda imzolangan Hindiston va Pokistonning ShHTga a’zo davlat maqomini olish uchun majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandumlar kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki protseduralarning bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumot tinglandi.
Milliy koordinatorlar ShHT kun tartibining boshqa masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar.