ShHT MATT Kengashining XXVI majlisi to‘g‘risida axborot
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (ShHT MATT) Kengashining navbatdagi XXVI majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston va ShHT MATT Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi.
Majlisda ShHT Davlat rahbarlari kengashiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladigan ShHT MATT Kengashining mazkur xalqaro tuzilmaning 2014-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruzasi va ShHTga a’zo davlatlarning terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha 2016-2018-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi loyihalari ma’qullandi.
Ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyatni tartibga soladigan me’yoriy-huquqiy hujjatni ishlab chiqish haqida kelishuvga erishildi.
ShHTga a’zo davlatlar va tashkilot huzurida kuzatuvchi mamlakatlar o‘rtasida internet tarmog‘idan terroristik maqsadlarda foydalanishga qarshi kurashish bo‘yicha birgalikda o‘quv mashqlari, shuningdek, xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish sohasida hamkorlik masalasiga bag‘ishlangan uchinchi ilmiy-amaliy konferensiyani o‘tkazish to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi.
ShHTga a’zo davlatlar vakolatli organlari Ekspertlar guruhining tashkilotga a’zo davlatlar xavfsizligiga tahdid soladigan terroristik, separatistik, ekstremistik tashkilotlar va guruhlarning noqonuniy faoliyatiga qarshi hamkorlikda kurashishni muvofiqlashtirish bo‘yicha tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
ShHT MATT faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, shuningdek, Ijroiya qo‘mita faoliyatini tashkiliy, moliyaviy va kadrlar bilan ta’minlashga doir masalalar yuzasidan ham qarorlar qabul qilindi. Majlisda ShHT MATT Ijroiya qo‘mitasi faoliyati ijobiy baholandi.
ShHT MATT Kengashining navbatdagi majlisi 2015-yil sentabr oyida o‘tkaziladi.
Kengash majlisi ishchanlik, amaliy muloqot va do‘stona ruhda o‘tdi.