Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Shashka ustalari Toshkentda

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Shashka ustalari Toshkentda

Poytaxtimizda 64 va 100 katakli shashka bo‘yicha Osiyo chempionati boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Osiyo shashka konfederatsiyasi hamda mamlakatimiz shashka federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada qit’amizning yigirmaga yaqin davlatidan 250 nafardan ziyod sportchi g‘oliblik uchun bahslashmoqda.

Musobaqaning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi o‘rinbosari M.Aliyev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida sportni rivojlantirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni sog‘lom va barkamol, yuksak intellektual salohiyatli insonlar etib voyaga yetkazishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Buning samarasida yurtimiz yoshlari o‘rtasida shashka ham keng ommalashib, qit’a va jahon chempionatlari, xalqaro miqyosdagi musobaqalarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir sportchilar yetishib chiqmoqda.

2013-yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 15 oltin, 12 kumush va 15 bronza medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan edi.

2014-yili Tailandda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida Vasfiya Berdiqulova klassik va blits yo‘nalishlarida ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdi. Blits bahslarida qatnashgan Alisher Ortiqov va Sayyora Yo‘ldosheva bittadan kumush medal bilan taqdirlandi. Bolgariyada tashkil etilgan jamoaviy jahon chempionatida O‘zbekiston qizlar terma jamoasi ikkinchi o‘rinni egalladi.

– O‘zbekistonda barcha sohalar qatori sportda erishilayotgan yutuqlar xalqaro hamjamiyat tomonidan keng e’tirof etilmoqda, – deydi Osiyo shashka konfederatsiyasi prezidenti Chimeddorj Bat-Erdene. – Yurtingiz avval ham shashka bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qilgan. O‘ylaymanki, bu galgi chempionat ham yuqori saviyada o‘tadi.

Tadbir doirasida Osiyo shashka konfederatsiyasi tomonidan 2014-yilning eng yaxshi sportchilari aniqlandi. Unga ko‘ra, shashka bo‘yicha jahon va Osiyo chempioni, xalqaro toifadagi sport ustasi Shahzoda Tursunmurodova “Yilning eng yaxshi sportchisi”, O‘zbekiston qizlar terma jamoasi “Yilning eng yaxshi terma jamoasi”, deb topildi.

Musobaqada mamlakatimiz sharafini shashka bo‘yicha jahon va Osiyo chempionatlari g‘olib va sovrindorlari – Saidqosim Aliyev, Samandar Kalonov, Ozodbek O‘rmonaliyev, Alisher Ortiqov, Abduqodir Toshtemirov, Shahzoda Tursunmurodova, Sayyora Yo‘ldosheva, Vasfiya Berdiqulova, Nigina Bozorova kabi tajribali shashka ustalari bilan birga iqtidorli yosh sportchilar ham himoya qilmoqda.

– Bu galgi Osiyo chempionatida ham yuqori o‘rinlarni egallashga harakat qilamiz, – deydi Shahzoda Tursunmurodova. – Maqsadimiz kelgusida jahon miqyosidagi nufuzli musobaqalarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishdir.

www.uza.uz