Sharqshunos olimlar anjumani
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi va qator tashkilotlar hamkorligida yosh sharqshunoslarning an’anaviy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida milliy ma’naviyatimizni yuksaltirish, ulug‘ ajdodlarimizning boy merosini o‘rganish va targ‘ib etish, uning mazmun-mohiyatini yosh avlod ongu shuuriga singdirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur an’anaviy anjuman sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, ular faoliyatini takomillashtirish, izlanishlari natijalaridan yoshlarni bahramand etishda muhim omil bo‘lmoqda. Shu bilan birga, allomalarimizning merosini o‘rganishda yetuk manbashunos, sharqshunos mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qilayotir.
Konferensiyada buyuk alloma va mutafakkirlarning ilmiy merosini o‘rganish yuzasidan amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlar, bu yo‘nalishda yo‘lga qo‘yilgan xalqaro hamkorlik istiqbollari xususida so‘z yuritildi. Matnshunoslik, tarix, til va adabiyot, sharq falsafasi, zamonaviy masalalar kabi yo‘nalishlarda olib borilayotgan tadqiqot ishlari muhokama etildi.
– Sharq allomalarining bebaho merosi nafaqat bir millat yoki xalq, balki butun insoniyatning ma’naviy mulki hisoblanadi, – deydi Sharq qo‘lyozmalari markazining yosh olimlar kengashi raisi Sharifjon Islomov. – Shu bois sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning izlanishlarini ro‘yobga chiqarish, tadqiqotlarini keng targ‘ib etish oldimizdagi dolzarb vazifadir. Zero, ajdodlar merosini chuqur o‘rganish noyob asarlar, ilmiy izlanishlar natijalarini kelajak avlodga yetkazishga xizmat qiladi.
Anjuman doirasida yosh olimlar “Eng mazmunli ma’ruza”, “Notiqlik mahorati”, “Eng yaxshi taqdimot” yo‘nalishlari bo‘yicha rag‘batlantirildi.