Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

“SHARQ TARONALARI” ALOHIDA NUFUZGA EGA BO’LGAN XALQARO ANJUMANDIR”

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
“SHARQ TARONALARI” ALOHIDA NUFUZGA EGA BO'LGAN XALQARO ANJUMANDIR”

Ma’lumki, hademay Samarqandda dunyoning 50 dan ziyod mamlakati vakillari ishtirokida “Sharq taronalari” X xalqaro musiqa festivali boshlanadi.

O’z-o’zidan ayonki, joriy yilda ushbu xalqaro kuy-qo’shiq anjumanida qatnashadigan barcha san’atkorlar bugungi kunda bo’lajak madaniy bellashuvga qizg’in tayyorgarlik ko’rishmoqda. Yaqinda “Jahon” axborot agentligining muxbiri Belgiya va Niderlandiyadan keladigan san’atkorlar bilan uchrashib, ularning “Sharq taronalari” haqidagi fikr-mulohazalarini qalamga oldi.

Hilde Fratuer, Belgiyaning “Trio HoP” guruhi xonandasi:

— “Sharq taronalari” shunday musiqa festivali hisoblanadiki, u xalqlar o’rtasidagi tinchlik, do’stlik va madaniy aloqalarni mustahkamlaydi. O’ninchi marotaba o’tkaziladigan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali yana o’z atrofiga dunyoning turli mamlakatlari vakillarini jamlaydi, sozanda va xonandalar o’z mahoratlarini namoyon etishadi. Bu juda yaxshi tashabbus, albatta.

O’zbekistonda bunday festivalning tashkil etilgani tahsinga sazovordir. “Sharq taronalari” xalqaro tadbir sifatida an’ana tusiga kirgani ham mamlakatda madaniy soha rivojiga katta e’tibor qaratilayotganidan dalolat beradi.

Dunyoda “xalqaro musiqa va san’at festivali”, deb nomlangan madaniy tadbirlar ko’p, biroq ular orasida “Sharq taronalari” alohida nufuzga ega bo’lgan xalqaro anjumandir. Chunki u san’at ahliga jahon xalqlarining milliy san’ati va ijro an’analarini mukammal namoyish etish imkonini beradi. “Sharq taronalari”ning tarixiy shahar - Samarqanddagi mashhur Registon maydonida o’tkazilishi esa tadbirga o’zgacha ruh bag’ishlaydi.

Biz “Sharq taronalari”ning o’ninchi, ya’ni yubiley tadbirida ishtirok etayotganimizdan behad mamnunmiz.

Ushbu fursatdan foydalangan holda festivalning barcha qatnashchilariga omad va muvaffaqqiyatlar tilayman. “Sharq taronalari” dunyo ijodkorlarini birlashtirishda davom etaversin.

Laurens Van der Zi, Niderlandiyadagi “Folkcorn” folklor guruhining rahbari:

— Mana 20 yildirki, madaniy guruhimiz dunyoning turli mamlakatlarida o’tkaziladigan qator tanlovlarda ishtirok etib keladi. Bu yil “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida Gollandiya xalqining milliy an’analari uslubida tayyorlangan madaniy dasturimiz bilan ishtirok etamiz. Shubhasiz, bu biz uchun faxr. Umid qilamizki, biz hozirlagan musiqali chiqish barchaga manzur bo’ladi.

“Sharq taronalari” singari xalqaro tanlovlar shunisi bilan diqqatga sazovorki, unda turli mamlakatlardan kelgan ko’plab ijodiy jamoalar vakillari, ularning ijodlari bilan yaqindan tanishishimiz, o’zaro fikr almashishimiz va hatto o’z repertuarimizni boyitishimiz ham mumkin.

Unda mashhur sozandalar, bastakor va folklor san’ati ustalarining ishtirok etayotgani ushbu musiqa festivaliga qiziqish dunyo miqyosida kundan-kunga ortib borayotganidan dalolat beradi. Biz ham Gollandiya xalqining tarixi, madaniyati va an’analarini munosib ravishda namoyon etishga astoydil harakat qilamiz.

“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali Sharqning tarixiy poytaxti - Samarqand shahrida o’tkazilishi san’atkorlarga o’zgacha ilhom baxsh etadi.

Biz O’zbekiston va uning Samarqand, Xiva hamda Buxoro singari tarixiy shaharlari, ular bag’rida joylashgan ajoyib tarixiy-me’moriy yodgorliklar haqida, yurtingizning noyob tabiati, ko’hna va boy an’analari, o’zbek xalqining o’ziga xos urf-odatlari xususida ko’p eshitganmiz. Ishonchimiz komilki, hademay, bu boradagi bilimlarimizni yanada boyitishga muvaffaq bo’lamiz.

Bugungi imkoniyatdan foydalangan holda “Sharq taronalari”ning barcha qatnashchilarini qutlaymiz. Ushbu xalqaro anjumanning tashkilotchilariga o’z minnatdorligimizni izhor etishdan behad baxtiyormiz. Umid qilamizki, “Sharq taronalari” uzoq-uzoq yillar davomida dillarga zavq-shavq ulashaveradi.

“Jahon” AA, Bryussel