Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Shamol energetikasi istiqbollari

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Shamol energetikasi istiqbollari

Poytaxtimizda O‘zbekistonda shamol energetikasi salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha milliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot, Moliya, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirliklari, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Gidrometeorologik xizmati markazi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Muqobil yoqilg‘i va energiya turlari korxonalari assotsiatsiyasi mutaxassislari hamda bir qator xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi, deya xabar beradi O’zbekiston Milliy axborot agentligi.

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari B.Xo‘jayev, “O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi I.Basidov, Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi vakili D.Uoters va boshqalar O‘zbekistonda Prezident Islom Karimov rahnamoligida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishga katta e’tibor berilayotgani, bunday energiya manbalarini joriy etish bo‘yicha qator loyihalar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalari salohiyatini aniqlash borasida izchil ishlar olib borilayotir. Bu borada Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Jahon banki bilan hamkorlik o‘rnatilgan.

Iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanib, aholi ijtimoiy hayotining yaxshilanib borishi energetika resurslariga bo‘lgan talabni oshirmoqda. Mutaxassislarning fikricha, ishlab chiqarish kuchlarining imkoniyatlarini yanada oshirish mumkin. Bunda shamollar atlasi qo‘l keladi. Ushbu atlas asosida «O‘zbekenergo» kompaniyasi tomonidan ikki istiqbolli uchastka belgilandi. Joriy yilning mart oyida mazkur uchastkalarda, ya’ni Navoiy viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi janubida shamol energiyasi salohiyatini aniqlash maqsadida tadqiqot olib borildi. Ularning har birida shamol tezligi va yo‘nalishini, havoning zichligi va haroratini aniqlaydigan o‘lchov asboblari joylashtirilib, balandligi 85 metrli meteorologik machtalar o‘rnatildi. Mazkur o‘lchov uskunalari sputnik aloqa tizimi vositasida keyingi tahlil uchun ma’lumotlarni serverga onlayn tartibida uzatadi. Bu ma’lumotlardan investitsion loyiha tayyorlashda shamol generatorining eng optimal birlik quvvatini aniqlash va potensial elektr energiya ishlab chiqarishni hisoblash uchun foydalaniladi.

Anjumanda interaktiv tizimning amal qilish jarayoni namoyish etildi. Bu ishlar doirasida nemis mutaxassislari bilan mustaqil tadqiqotlar olib borish va shamol energetikasi salohiyatini oshirish bo‘yicha ko‘nikmalarni mustahkamlash yuzasidan kelishib olindi.

Konferensiya doirasida ishtirokchilar shamol energetikasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar, asbob-uskunalar, bunday loyihalarni moliyalashtirish yo‘llari bilan tanishdi.

"Jahon" AA