SAYLOVGA TAYYORGARLIK JARAYONI OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIDA IZCHIL YORITILMOQDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 7-Samarqand saylov okrugi matbuot markazida okrug saylov komissiyasi a’zolari va viloyatdagi ommaviy axborot vositalari vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
7-Samarqand okrug saylov komissiyasi raisi F.Toshev va boshqalar saylovning tenglik, oshkoralik va transparentlik kabi demokratik tamoyillarga muvofiq holda o‘tkazilishida ommaviy axborot vositalari muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunda ham saylovga tayyorgarlikning borishi va saylov qanday o‘tayotganini ommaviy axborot vositalari yoritib borishi ko‘rsatib o‘tilgan.
– 7-Samarqand okrug saylov komissiyasining 2016-yil 26-sentabrdagi dastlabki yig‘ilishida okrug huzurida 11 kishidan iborat tarkibda matbuot markazi tuzildi, – deydi matbuot markazi a’zosi Hakim Jo‘rayev. – Ayni paytda markazda bosma va elektron ommaviy axborot vositalari bilan ishlash guruhlari, internet tarmog‘i orqali jarayonni yoritish guruhi faoliyat ko‘rsatmoqda. Hozirga qadar okrug saylov komissiyasi saylov jarayonini yoritish uchun viloyat bo‘yicha 80 dan ortiq jurnalist va texnik xodimni akkreditatsiyadan o‘tkazdi. Ular okrug saylov komissiyasi majlislari va faoliyati, viloyatda saylov kampaniyasining borishi to‘g‘risida aholiga tezkor axborot berib bormoqda. Okrug saylov komissiyasining viloyat hududida saylov uchastkalarini tuzish, uchastka saylov komissiyalari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorlari matbuotda e’lon qilindi. Shu paytgacha viloyatdagi televideniye va radiokanallar, gazeta va jurnallar, internet saytlari orqali 300 dan ortiq material berildi. Uch marta brifing va matbuot anjumani o‘tkazildi.
Uchrashuvda viloyatdagi ommaviy axborot vositalarida saylov jarayonini yoritish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil etilib, saylovga tayyorgarlikning navbatdagi bosqichlarida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.
O’zA