RUMINIYA TIVNING DAVLAT KOTIBI BILAN UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2015-yilning 14-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning to‘rtinchi raundida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga tashrif buyurgan Ruminiya Tashqi ishlar vazirligining strategik masalalar bo‘yicha Davlat kotibi Daniel Ionitani qabul qildi.
Uchrashuvda turli sohalarda, jumladan “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” shaklida, ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollari hamda global va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Shu kunning o‘zida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi. Mazkur maslahatlashuvlarda O‘zbekiston-Ruminiya kun tartibining qator masalalari ko‘rib chiqildi.
Muzokaralar davomida siyosiy va parlamentlararo munosabatlarni yanada chuqurlashtirish, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari, shuningdek o‘rta va kichik biznes vakillarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarini mustahkamlash lozimligi qayd etildi.
Uchrashuvda ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari, madaniyat va san’at arboblari o‘rtasidagi sherikchilikni kengaytirish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda Ruminiya Elchisi Romeo Stanchu ishtirok etdi.
mfa.uz