Rejissyor Doniyor Shokirovning «Sen haq bo‘lsang» nomli hujjatli filmining taqdimoti
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston-bizning umumiy uyimiz” deb nomlangan hujjatli filmlar kechasida “O‘zbekkino” Milliy Agentligi buyurtmasiga ko‘ra Boris Babaev ssenariysi asosida tasvirga olingan «Agar, sen xaq bo‘lsang» va «Fenomen uzbekskoy modeli» filmlari namoyish etildi. Filmlar rejissyorlari Doniyor Shokirov va Petr Roykas, deya xabar beradi kutubxona matbuot xizmati.
Hujjatli filmlar taqdimoti kechasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Asadjon Xodjaev, Oliy Majlis inson huquqlari bo‘yicha vakili, ombudsman Sayyora Rashidova, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi bosh maslaxatchisi Ikrom Soipov, filmlar ssenariysi muallifi taniqli jurnalist Boris Babaev va «Agar, sen xaq bulsang» filmi rejissyori Doniyor Shakirovlar so‘zga chiqdilar.
Ombudsman Sayyora Rashidova film ijodkorlarini yutuq bilan muborakbod etar ekan uning naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligiga urg‘u berib o‘tdi va “Filmda Ombudsman instituti va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi faoliyati yorqin namoyon etilgan va uning insonlar hayotida ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘layotgani, ko‘plab arizalar o‘rganib chiqilib muammolar hal etilayotgani aniq dalillar bilan berilganligi filmning muvafaqiyatini ta’minlaydi”, - dedi.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi bosh maslaxatchisi Ikrom Soipov filmning fuqarolar huquqiy savodxonligini oshirish va O‘zbekistonda inson huquqlarini himoyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida hikoya qilib berdi.
”Agar, sen xak bulsang” filmi rejissyori Doniyor Shokirov filmning yaratilish tarixi haqida so‘zlab berdi va uning tasvirga olish jarayonida hamkorlik qilgan Ombudsman instituti va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi xodimlariga, uning taqdimotini tashkil etgan O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Uchrashuv so‘ngida “Agar, sen xaq bo‘lsang” va “Fenomen uzbekskoy modeli” filmlari namoish etildi. Filmdan katta taassurot olgan tomoshabinlar film ijodkorlariga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etdilar.
“Jahon” AA