QUVAYTNING “AN-NAHAR” GAZETASI O’ZBEKISTON HAQIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Yaqinda Quvaytning “An-Nahar” gazetasida mamlakatimizning zamonaviy siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti haqida maqolalar bosilib chiqdi.
“O’zbekiston tajribasi va xalqaro standartlar” nomli maqolada respublikamizda fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish, ularning ishga bo’lgan rag’batini oshirish, ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash hamda ijtimoiy muloqotni yanada samarali yo’lga qo’yish bo’yicha orttirilgan tajribaga ijobiy baho berilgan.
Maqolada mamlakatimizda muhim ijtimoiy-iqitisodiy muammolarni hal qilishda fuqarolik jamiyati institutlari mavqeyini oshirishga qaratilgan 200 dan ortiq qonun va normativ aktlar qabul qilinganligi ta’kidlab o’tilgan. Ular safiga “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va kafolatlari to’g’risida”, “O’zbekiston Respublikasidagi jamoat uyushmalari to’g’risida”, “Nodavlat va notijorat tashkilotlar to’g’risida” va Mehnat kodeksini kiritish mumkin.
O’zbekiston Respublikasi va Xalqaro mehnat tashkiloti o’rtasida 2014-2016-yillar uchun Munosib mehnat dasturi qabul qilinganligi muhim voqea bo’ldi. Kompleks chora-tadbirlar besh yo’nalishdan iborat 40 bo’limni o’z ichiga oladi.
Gazetada chop etilgan yana bir maqolada mamlakatimiz iqtisodiyotining joriy yil birinchi chorak yakunlari bo’yicha asosiy ko’rsatkichlari aks etgan.
Mazkur maqolada o’quvchilar O’zbekistonning asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari hamda barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishishlari mumkin.
Joriy yil boshidan buyon sarmoyaviy dastur doirasida jami qiyamti 4,8 milliard AQSH dollariga teng bo’lgan 53 ta yangi loyihani amalga oshirish ishlari boshlab yuborildi hamda 434 ta ishlab chiqarish obyektlari foydalanishga topshirildi, deya ta’kidlanadi maqolada.
“Jahon” AA, El-Quvayt