QUVAYT HUKUMATI RAHBARI BILAN UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2017-yilning 8-fevral kuni Quvaytga rasmiy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Quvayt Davlati Bosh vaziri shayx Jaber al-Mubarak al-Hamad as-Sabah tomonidan qabul qilindi.
TIV rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirzoyoyevning eng samimiy tilaklarini Quvayt rahbariyatiga yetkazdi.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning, avvalo savdo-iqtisodiy, investitsion sohalardagi aloqalarning holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuvda ta’kidlanganidek, O‘zbekiston-Quvayt muloqotini faollashtirish jarayoni hamkorlikni sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarish va unga uzoq muddatli tus berish uchun haqiqiy imkoniyat ochadi.
Muzokaralarda tomonlarni qiziqtirgan boshqa ikki tomonlama va xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.