Qo‘shiqlar teletanlovi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Shu kunlarda poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyi qo‘shiq aytishga havasmand yigit-qizlar bilan gavjum. Yoshlar madaniyat va san’at markazi tomonidan O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi hamkorligida o‘tkazilayotgan “Kuyla, yoshligim” respublika teletanlovining Toshkent shahar bosqichida iste’dodli yoshlar o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazdi.
Yurtimizda yoshlarning iste’dodini kamol toptirish, ularning qobiliyati va salohiyatini yuzaga chiqarish uchun yaqindan ko‘maklashish masalasi doimiy e’tiborda. Prezidentimizning 2014-yil 6-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bu boradagi ishlarni sifat va mazmun jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishda muhim asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
16 yoshdan 25 yoshgacha havaskor ijrochilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan mazkur tanlovdan ko‘zlangan maqsad estrada san’atida jonli ijroni qo‘llab-quvvatlash, musiqaga mehri baland iste’dodli yoshlarni aniqlash, ular ijodi bilan keng jamoatchilikni yaqindan tanishtirishdan iboratdir.
Loyihaning Toshkent shahar bosqichi ham yoshlikka xos ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Unda 250 nafardan ortiq iste’dodli yigit-qiz qatnashdi.
Donoxon Mirsaidova Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi akademik litseyda o‘qiydi. Bolalikdan musiqaga oshno qiz Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 187-umumta’lim maktabida o‘qib yurgan kezlarida badiiy xor jamoasida muntazam qo‘shiq kuylab, turli ko‘rik-tanlovlarda, san’at festivallarida faol ishtirok etgan.
– Tanlovda «Baxt tilaymiz» hamda «Chamandagi gullarmiz» qo‘shiqlarini ijro etdim, – deydi D.Mirsaidova. – Bu tanlov o‘zimizga bo‘lgan ishonch, dadillik, qat’iyatni tobora mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ijodiy loyiha g‘oliblari final bosqichidagi gala-konsertda qatnashadi.