Qarisi bor uyning – parisi bor
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

“Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi axborot-resurs markazi bolalar kutubxonasida tashkil etilgan uch avlod uchrashuvi shunday nomlandi.
Kutubxonada ko‘p yillar samarali mehnat qilgan faxriylar, yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida aholini kuchli ijtimoiy muhofaza qilish, yoshi ulug‘ insonlarni e’zozlash, salomatligini mustahkamlash, ular uchun munosib turmush sharoiti yaratish, shuningdek, yosh avlodning jismonan va ma’nan yetuk ulg‘ayishi yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.
Davlatimiz rahbarining 2011-yil 30-maydagi “2011-2015-yillarda yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” va joriy yil 18-fevraldagi “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarorlari bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.
– Kutubxonada qirq yil ishladim, – deydi mehnat faxriysi Hamro Saparova. – Ertaklar olami bilan yashayotgan bolajonlarning kitobga muhabbati, bilim olishga ishtiyoqi, turli kasb-hunar sirlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini ko‘rib zavqlanaman. Ular davrasida yoshligimga qaytgandek bo‘laman. Shunday dorilamon kunlarga yetkazganiga shukr. Biz, keksalarga ko‘rsatilayotgan ulkan hurmat va e’zozdan mamnunmiz.
Ushbu ziyo maskanida ko‘p yillar ishlagan Ziba Tilegenova, Qaljamol Yembergenova, Gulzor Keljanova, Alla Popova, Fanya Fayzulina kabi faxriylar o‘z hayotiy tajribalari, kutubxonalarning kechagi va bugungi ahvoli, sharoit va imkoniyatlardagi katta tafovut haqida misollar yordamida so‘zlab berdi.
Tadbir doirasida “Kitob – xazinalar kaliti” mavzusida tashkil etilgan kitoblar ko‘rgazmasi va yosh ijrochilarning konsert dasturi yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.