Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

PREZIDENT ISLOM KARIMOV TURKMANISTON PREZIDENTI BILAN UCHRASHDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
PREZIDENT ISLOM KARIMOV TURKMANISTON PREZIDENTI BILAN UCHRASHDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 23-iyun kuni Ko‘ksaroyda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Islom Karimov Turkmaniston Prezidenti bilan suhbatda uning Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida faxriy mehmon sifatida ishtirok etishi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilikka asoslangan hamkorlikning yana bir ifodasi ekanini qayd etdi. Bu davlatlarimiz mintaqada va xalqaro miqyosda bir-birining nufuzini oshirish hamda pozitsiyasini mustahkamlashni qo‘llab-quvvatlab kelayotganini namoyon etishini ta’kidladi.

O‘zbekiston – Turkmaniston munosabatlari yuqori sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Oliy darajadagi muloqotlar muntazamlik kasb etgan.

2015-yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 320 million AQSh dollarini tashkil etdi. Mamlakatimizdan Turkmanistonga avtomobillar, qishloq xo‘jaligi texnikasi, mineral o‘g‘itlar, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa tovarlar eksport qilinmoqda. Turkmanistondan yurtimizga neft va neft mahsulotlari yetkazib berilmoqda.

Transport va tranzit sohasi iqtisodiy aloqalarning strategik yo‘nalishlaridan. O‘tgan yili O‘zbekiston tashqi savdo yuklarini Turkmaniston orqali tashish hajmi 43 foiz o‘sgani buning yaqqol dalilidir.

Uchrashuvda o‘zaro savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ShHT sammitiga taklifi uchun Prezidentimiz Islom Karimovga samimiy minnatdorlik izhor etdi. Turkmaniston O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati