Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

PREZIDENT ISLOM KARIMOV HINDISTON BOSH VAZIRI BILAN UCHRASHDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
PREZIDENT ISLOM KARIMOV HINDISTON BOSH VAZIRI BILAN UCHRASHDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 23-iyun kuni Ko‘ksaroyda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Islom Karimov Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bilan suhbatda ushbu uchrashuv oliy darajadagi siyosiy muloqotlarning mantiqiy davomi, erishilgan kelishuvlar ijrosini muhokama qilish va hamkorlikning istiqbollarini belgilab olish uchun yaxshi imkoniyat ekanini ta’kidladi.

O‘zbekiston Hindiston bilan aloqalarga alohida ahamiyat qaratadi. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik izchil rivojlanib bormoqda. Keyingi besh yilda o‘zaro tovar ayirboshlash 2 barobar o‘sgan. 2015-yilda bu ko‘rsatkich qariyb 320 million dollarni tashkil etgan. Mamlakatimizda Hindiston kapitali ishtirokida tuzilgan 100 dan ziyod korxona, ushbu mamlakatning 15 firma va kompaniyasi vakolatxonalari faoliyat yuritmoqda.

Investitsiyaviy hamkorlik tobora kengayib bormoqda. Mamlakatimizda raqobatbardosh sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga qaratilgan qator qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda. «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasida «Minda Grupp» kompaniyasi bilan hamkorlikda yengil avtomobillar uchun spidometr, taxometr va turli elektron qurilmalar ishlab chiqarilmoqda. «Novafarm», «Ultra Hels Kear», «Vell Med Farm» kabi korxonalarda keng turdagi farmatsevtika mahsulotlari tayyorlanmoqda.

Davlatlarimiz mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro hamkorligini mustahkamlab, xalqaro maydonda bir-birini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

Prezidentimiz O‘zbekiston Hindistonning ShHTga a’zo davlat bo‘lishga intilishini qo‘llab-quvvatlashini, bu tashkilotning nufuzini yanada oshirishi hamda mintaqa xalqlari tinchligi va farovonligiga xizmat qilishini qayd etdi.

Narendra Modi samimiy uchrashuv uchun Prezidentimiz Islom Karimovga minnatdorlik bildirib, Hindiston O‘zbekiston bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati