POYTAXTIMIZDA SINXRON SUZISH BO‘YICHA “SUV PARISI” XALQARO TURNIRI BOSHLANDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Nufuzli musobaqada yuzdan ziyod sportchi uch yosh toifasidagi bahslarda ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va mamlakatimiz suzish federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan nufuzli musobaqada O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Ukraina, Filippin, Vengriya, Slovakiya, Isroil kabi davlatlardan yuzdan ziyod sportchi g‘oliblik uchun bahslashmoqda.
Turnirning ochilish marosimida mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida sportni rivojlantirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol insonlar qilib voyaga yetkazishga qaratilgan e’tibor va g‘amxo‘rlik samarasida yoshlarimiz o‘rtasida suv sporti turlari ommalashib borayotgani alohida ta’kidlandi.
Yurtimizning barcha hududlarida zamonaviy talablarga javob beradigan suv sporti saroylari va suzish havzalarining barpo etilayotgani o‘g‘il-qizlar o‘rtasida ushbu sport turlariga bo‘lgan qiziqish tobora ortishiga xizmat qilmoqda. Sportchilarimiz turli nufuzli musobaqalarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritayotir.
– O‘zbekistonga birinchi marta kelishim, – deydi belaruslik sportchi Anna Shulgina. – Mamlakatingizda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan keng imkoniyatlar tahsinga loyiq. Bu iqtidorli sportchilarning voyaga yetishida muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur xalqaro turnir yuqori saviyada tashkil etilgan. Musobaqa ishtirokchilari uchun barcha sharoit yaratilgan.
Xalqaro turnirda sportchilar uch yosh toifasida (16-18 yosh, 13-15 yosh, 12 yosh va undan kichik) solo, duet va guruh bahslarida o‘z mahoratini namoyish etmoqda.
O’zA