Parlamentlararo ittifoq Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Mamlakatimiz poytaxtida parlamentarizm olamidagi eng muhim voqea – Parlamentlararo Ittifoqning (PI) 150-yubiley assambleyasiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.
Bugun Toshkentda Parlamentlararo Ittifoq Ijroiya qo‘mitasining tashkiliy masalalar yuzasidan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva PI rahbariyatiga, xususan, Ittifoq Prezidenti Tuliya Ekson va Bosh kotib Martin Chungongga Assambleyani O‘zbekistonda o‘tkazishga rozilik bildirgani uchun minnatdorlik bildirdi. Ushbu tadbirning yurtimizda o‘tkazilishi mamlakatimizdagi demokratik islohotlarning xalqaro darajadagi e’tirofi ekani ta’kidlandi.
Ijtimoiy adolat, kambag‘allikka barham berish va zaif qatlamlarni himoya qilish masalalarining dolzarbligi qayd etilib, bu borada parlamentlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish muhimligiga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, O‘zbekiston parlamentining PI faoliyatidagi ishtiroki tobora faollashayotgani e’tirof etilib, Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni jadallashtirishda parlamentlarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasini qabul qilish haqidagi tashabbusi PI tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlangani qayd etildi.
– Milliy parlamentimiz, xususan, O‘zbekiston Senati jahon kun tartibidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ushbu xalqaro tuzilma bilan bundan buyon ham samarali, konstruktiv muloqotni izchil davom ettirishdan manfaatdor ekanini bildirmoqchiman, – dedi Senat Raisi.
PI Ijroiya qo‘mitasi faoliyati yuqori baholanib, uning parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlashdagi muhim ahamiyatiga urg‘u berildi. PI bilan o‘zaro hamkorlik doirasida Buxoro va Toshkent shaharlarida xalqaro parlament forumlari hamda PIga a’zo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlarining 14-sammiti muvaffaqiyatli o‘tkazilgani ham ta’kidlandi.
N.Abduraimova, O‘zA