Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Parlamentlararo Ittifoq assambleyasi doirasidagi muhim ucharashuvlar

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Parlamentlararo Ittifoq assambleyasi doirasidagi muhim ucharashuvlar

O‘zbekistonning Parlamentlararo Ittifoq bilan doimiy hamkorligi, Toshkentda o‘tkaziladigan 150-assambleya dasturi, tadbirga doir rejalar va yangi loyihalar muhokama qilindi.

Senat Raisi Tanzila Norboyeva Parlamentlararo Ittifoq Prezidenti Tuliya Ekson bilan assambleyani yanada samarali o‘tkazish bo‘yicha fikr almashdi.

Qabul qilinadigan Toshkent deklaratsiyasi Parlamentlararo Ittifoq uchun yangi “yo‘l xaritasi”ni belgilab, u ijtimoiy taraqqiyotga qaratilgan muhim tashabbuslarning amalga oshirilishiga asos bo‘lib xizmat qilishi qayd etildi.

***

Arab parlamenti Raisi Muhammad Ahmad Al-Yamah bilan uchrashuvda O‘zbekiston parlamentining arab davlatlari parlamentlari bilan munosabatlarini yanada mustahkamlash va keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirish, avvalo, qonun ijodkorligi, parlament nazorati, parlamentlarning qo‘mitalari o‘rtasida muntazam muloqotni faollashtirish va o‘zaro tashriflarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, ayol yetakchilar uchun alohida forum o‘tkazish, O‘zbekiston Oliy Majlisi va Arab parlamenti o‘rtasida anglashuv memorandumini imzolash, do‘stlik guruhini tashkil etish hamda ijtimoiy sohada loyihalarni amalga oshirish maqsadida birgalikda ishlashga kelishib olindi.

***

Tailand Milliy assambleyasi Prezidenti va Vakillar palatasi Spikeri Van Muhammad Nur Matha bilan uchrashuvda O‘zbekiston va Tailand o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlik hamda qonunchilik sohasidagi munosabatlar muhokama qilindi.

Hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqildi. Jumladan, ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasida doimiy aloqa o‘rnatish, do‘stlik guruhlarini tashkil etish, qishloq xo‘jaligi va turizm sohasidagi qonunchilik amaliyoti bilan tajriba almashish kabi muhim yo‘nalishlar belgilab olindi.

Ikki mamlakat parlamentlararo aloqalarini yanada mustahkamlash va rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslar ishlab chiqishga kelishib olindi.

N.Abduraimova, O‘zA