Parlament komissiyasining yig‘ilishi o‘tkazildi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Parlament komissiyasi ish faoliyati bilan bog‘liq bir qancha, jumladan, 2015-yilda davlat grantlari, subsidiyalar va ijtimoiy buyurtmalar uchun davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘larni taqsimlash, «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilinishi munosabati bilan zarur tashkiliy va uslubiy hujjatlar loyihalarini takomillashtirish hamda Parlament komissiyasining 2015-yil va undan keyingi yillarga mo‘ljallangan faoliyat rejasini ishlab chiqish va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Eslatib o‘tamiz, Parlament komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining 2008-yil 3-iyuldagi «Nodavlat notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qo‘shma qarori asosida tuzilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini yanada rivojlantirish, ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlarda faol ishtirokini ta’minlash, moliyalashtirish manbalarini shakllantirishda ochiqlik, oshkoralik prinsiplariga amal qilgan holda mablag‘larni maqsadli taqsimlashdan iboratdir.
Yig‘ilishda qayd etilganidek, «Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyilining izchillik bilan hayotga tatbiq etilayotgani jamiyatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni va rolini yuksaltirishda muhim omil bo‘lmoqda. Bu boradagi sa’y-harakatlarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi qonunlar hamda Oliy Majlis palatalarining 2008-yil 3-iyuldagi «Nodavlat notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qo‘shma qarorlari muhim dasturilamal bo‘layotgani e’tirof etildi.
Ta’kidlash lozim, o‘tgan davr mobaynida NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ajratilgan mablag‘lar ular faoliyatining yanada rivojlanishiga, tashkiliy-texnikaviy va iqtisodiy negizini mustahkamlashga samarali ta’sir ko‘rsatib, sezilarli darajada ularning soni va sifati oshishiga xizmat qildi. Amalga oshirilayotgan islohotlar samarasida bugungi kunda mamlakatimizda 8 mingdan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlari, mingdan ortiq ommaviy axborot vositalari faoliyat yuritmoqda.
Yig‘ilish yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan Parlament komissiyasining tegishli qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Qonunchilik
palatasi Axborot xizmati