Oromgohlarda taraddud qizg‘in
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Samarqand viloyatida bolalarning joriy yil yozgi sog‘lomlashtirish mavsumini namunali tashkil etish, oromgohlarni tayyorlash va bolajonlar uchun har tomonlama qulay sharoit yaratish borasida zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
– Viloyat hokimligi va viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi rayosatining 2015-yil 27-fevraldagi qarori bilan mavsumga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha komissiya tarkibi shakllantirilib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar dasturi tasdiqlandi, – deydi Samarqand viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi Farhod Xidirov. – Viloyatdagi doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi 25 oromgohga boshqarma va idoralar, korxona va tashkilotlar rahbarlari, hokimlik vakillari, kasaba uyushmalari tashkilotlari xodimlari mas’ul etib belgilandi. Ular tomonidan dastlab oromgohlardagi bino va inshootlarning holati, jihozlanishi va boshqa jihatlari o‘rganib chiqildi. Shu asosda muassasalardaobodonlashtirish, joriy va kapital ta’mirlash ishlari boshlandi. Jumladan, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi tomonidan tasdiqlangan dasturga ko‘ra, Urgut tumanida yangi – “Chor chinor” oromgohida qurilish ishlari yakuniga yetkazilayotgan bo‘lsa, “Zolotinka” va “Bahora” oromgohlari kapital ta’mirlanmoqda. Shunday bunyodkorlik ishlari Samarqand tumanidagi “Sog‘lom avlod” oromgohida ham olib borilmoqda.
Hozirga qadar barcha oromgohlar hududida 12 ming tupdan ziyod mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun yer maydoni mavjud bo‘lgan oromgohlarda sabzavot va poliz ekinlari ekildi.
Joriy yilgi mavsumda viloyatdagi doimiy va kunduzgi oromgohlarda 22 ming 500 nafar bolajonlarni dam oldirish ko‘zda tutilgan. Buning uchun zarur mablag‘ va boshqa imkoniyatlar manbalari aniqlanib, tayyorgarlik ishlari qizg‘in olib borilmoqda. Har bir oromgohning qabul rejasidan kelib chiqqan holda, muassasalar va ta’minotchi korxonalar o‘rtasida oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarga erishilmoqda.
Oromgohlarda ko‘chma kutubxonalar tashkil etish va turli to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ijodiy ko‘rik-tanlovlar va sport musobaqalari, madaniy tadbirlar uyushtirish yuzasidan viloyat xalq ta’limi, madaniyat va sport ishlari boshqarmalari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi tomonidan zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Shuningdek, mussasalarda faoliyat ko‘rsatadigan tarbiyachi, yetakchi, tibbiyot xodimlari, musiqa va jismoniy tarbiya yo‘riqchilari hamda boshqa to‘garak rahbarlari ro‘yxatlari shakllantirilib, ular uchun o‘quv seminarlar dasturlari ishlab chiqildi.