Onlayn trening markazida ekologik jurnalistika bo’yicha seminar
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O’zEOAVMA)“Bunyodkor” yoshlar telekompleksida “Barqoaror rivojlanish maqsalarini amalga oshirishda ekologik jurnalistikaning ahamiyati” mavzusida 2 kunlik seminar trening boshlandi, deya xabar beradi assotsiatsiya matbuot xizmati.
O’zbekiston elekrtron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, YuNESKOning O’zbekistondagi vakolatxonasi va Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro markazi tomonidan tashkil etilgan tadbirda O’zEOAVMAga a’zo nodavlat teleradiostansiyalar va “Mening yurtim” telekanali jurnalistlari ishtirok etdilar.
Ekologik jurnalistika buguni kunda dolzarb yo’nalishlardan biri hisoblanadi. OAV vakillari uchun tizimli ravishda o’tkaziladigan seminar treninglar va mahorat darslari bu yo’nalishda ta’lim berishning asosiy vositasi bo’lib xizmat qiladi. Bunda ayniqsa, oliy o’quv yurtlari talabalari, kollej, litsey va maktab o’quvchilariga yetarlicha axborot yetkazish masalasi alohida ahamiyatga ega.
Seminarning ochilishida so’z olgan YuNESKOning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Krista Pikkatning ta’kidlashicha, ekologik muammolarni hal etishda, barqaror rivojlanishga erishishda, ekologiya sohasida hamda atrof-muhitni asrashda olib borilayotgan ishlar haqida keng ommani xabardor etishda, aholining ushbu jarayonda faol ishtirokini ta’minlashda va albatta ekologik ta’limni rivojlantirishda OAVning o’rni beqiyos.
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-maydagi 142-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2013-2017-yillarda O’zbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi boyicha harakatlar dasturi” to’g’risidagi qarorida belgilab qo’yilgan keng ko’lamli vazifalarni amalga oshirishda tizimli ishlar olib borilmoqda. O’zbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi “Ekologik nazorat to’g’risida”gi O’RQ-363-son Qonunining qabul qilinishi atrof-muhit muhofazasi bo’yicha holatni va aholi salomatligini monitoring qilish hamda ekologik nazoratni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlarning (NNT) o’rni va rolini aniq belgilab berdi. Qonunda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning turli shakllari, xususan fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari, NNTlar hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining ishtiroki nazarda tutilgan.
“Jahon” AA